Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan 15 ta tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etish doirasida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi.

Jumladan:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish orqali oilaviy poliklinikalarda koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
  • tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish, ular mehnatiga munosib haq toʻlash tizimini joriy qilish.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi.

Quyidagilar tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

  • koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy shifoxonalarning maslahat-diagnostika boʻlinmalariga aylantirish;
  • tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi koʻrsatkichlari boʻyicha nazorat qilish hamda natijalar asosida ularni ragʻbatlantirish.