Germaniyaning Gettingen universiteti geokimyogarlari Yer yadrosi issiq magma bilan birga yer qobig'iga ko'tarilgan qimmatbaho metallarni, xususan, oltinni bosqichma-bosqich “ozod qilayotgani” haqidagi dalillarni aniqladi. Tadqiqot natijalari Nature va Yahoo jurnallarida chop etildi.
Tadqiqotchilar guruhi platina guruhiga mansub noyob metall ruteniy izotoplarini tahlil qilishdi. Gavayida to'plangan vulqon jinslarining izotopik tarkibi metallarning bir qismi aslida sayyora yadrosida paydo bo'lishini ko'rsatdi. Olimlar, ma'lumotlarga ko'ra, yadroga xos bo'lgan ruteniy-100 izotopiga alohida e'tibor qaratishdi.
“Birinchi natijalar paydo bo'lgach, biz tom ma'noda oltinga duch kelganimizni angladik! Bizning ma'lumotlarimiz shuni ko'rsatadiki, yadrodan olingan materiallar, jumladan, oltin ham aslida Yer mantiyasiga singib ketmoqda”, dedi geokimyogar Nils Messling.
Olimlarning ta'kidlashicha, Yerdagi barcha oltinning 99 foizdan ortig'i uning yadrosida to'plangan bo'lib, u sayyora shakllanishi paytida cho'kib ketgan. Bu miqdor butun yer yuzasini 50 santimetrlik qatlam bilan qoplash uchun yetarli bo'ladi, deb xabar beradi korrespondent.net.