Qayd etilishicha, 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi koʻzda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporoje, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan tashrif buyurishgan.
Ukraina Elchixonasining murojaatiga javoban Oʻzbekiston tomonining taklifi va toʻliq koʻmagi bilan tashkil etilgan ushbu gumanitar missiya bolalarga ruhiy muvozanatni tiklashga hamda har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalgʻib dam olishga yordam berishni maqsad qilgan.
Tashrif dasturi juda mazmunli boʻlib, bu Oʻzbekiston davlat organlarining misli koʻrilmagan darajada jalb etilganidan dalolat beradi. Uni amalga oshirishda mamlakatning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda, — deyiladi Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabarida.