Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy bino xonasida maxsus formada boʻlgan shaxs qiynayotganligi aks etgan videoxabar kelib tushdi.

Maʼlum qilinishicha, Bolalar ombudsmani tomonidan mazkur videodagi holat boʻyicha tegishli tekshiruv oʻtkazish va bolaga nisbatan sodir etilayotgan gʻayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga soʻrov kiritilgan.

Hozirda holat Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan oʻrganilmoqda, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Bolalar ombudsmani har qanday vaziyatda bolaga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlish shartligini taʼkidlagan holda, bolaning huquqlarini qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslarga qonun doirasida qatʼiy chora koʻrilishi zarurligini bildirgan.