Qayd etilishicha, holat shu yilning 23-iyun kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan oʻtgan D-006 “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” avtomobil yoʻlining 6-kilometrida sodir boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan, 1983-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtobus hamda 1997-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasining toʻqnashuvi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan.

Hozirda holat yuzasidan Qibray tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.