Telekanal avvalroq kamida 68 kishining o'limi haqida xabar bergan edi.

“Texasning bir qancha okruglari rasmiylari suv toshqini tufayli 80 kishi halok bo'lganini tasdiqladi”, deyiladi telekanal veb-saytida.

Eng ko'p qurbonlar soni Kerr okrugida qayd etilgan, u yerda kamida 68 kishi o'lganligi tasdiqlangan.

AQSh Milliy ob-havo xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Texasning Kerr okrugidagi bir qancha shaharlarda suv toshqini sababli favqulodda vaziyat yuzaga kelgani haqida xabar berdi. CNN ma'lumotlariga ko'ra, hududda yarim milliondan ortiq odam suv toshqini xavfi ostida. Texas gubernatori Greg Ebbottning aytishicha, shtat “halokatli suv toshqini”ga qarshi kurashish uchun barcha mavjud resurslarni, jumladan milliy gvardiyani safarbar qilmoqda. Prezident Donald Tramp yakshanba kuni tabiiy ofat tufayli Kerr okrugida falokat holatini e'lon qildi, deb xabar beradi ria.ru.