Qayd etilishicha, eski turdagi hisoblagichlar ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida ma’lumotlar bazasiga kiritilmasligi to‘lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo‘layotgan edi.
Yangi hisoblagichlar esa:
- suv iste’moli va bosimini aniq o‘lchash,
- nosozliklar va tashqi aralashuvlarni aniqlash,
- barcha ma’lumotlarni masofadan uzatish imkonini beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki sinovlar Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Belgilangan rejaga ko‘ra esa joriy yilning uchinchi choragidan boshlab eski hisoblagichlarni yangisiga almashtirish ishlari Yangihayot tumanida start oladi.
Ushbu tizim orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek hisob-kitoblarni aniq va shaffof amalga oshirish maqsad qilingan.