Bu koʻrsatkich iyul oyi oxiri uchun kuzatiluvchi meʼyorlarga yaqin sanaladi.

Biroq namlikning ortishi harorat pastlashining taʼsirini kamaytirayotgani, ayniqsa, tungi soatlarda havoning dimligi bilan yaqqol sezildi.

28-iyuldan 1-avgustgacha boʻlgan davrda mamlakat boʻylab haroratda katta oʻzgarishlar kutilmayapti. Koʻpchilik hududlarda kunduzgi harorat 32–37 daraja atrofida, choʻl va janubiy hududlarda esa 38–40 darajagacha yetishi mumkin.

Hafta davomida asosiy hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmayapti. Faqat Qoraqalpogʻiston va togʻli hududlarda 28-iyul kuni kunduz qisqa muddatli yomgʻir kuzatilishi ehtimoli bor.

Ayrim hududlarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi, baʼzi hollarda esa chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida ob-havo kam bulutli, asosan quyoshli kechishi kutilmoqda. Yomgʻir kuzatilmaydi. Shamolning tezligi pastdan oʻrtachagacha boʻladi. Tungi harorat 21–24 daraja, kunduzgi harorat esa 34–37 darajani tashkil etadi.