Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.

Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:

  • Toʻliq va toʻliq boʻlmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
  • Qoʻshimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar aʼzolari uchun, GPA 4 dan baland);
  • OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).

Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda oʻqiydiganlar ariza yubora olmaydi.