Amerika aeroportlarida noqulay ob-havo tufayli mingdan ortiq aviareyslar bekor qilindi, besh mingga yaqin aviareys kechiktirildi.

Dam olish kunlari Meksikaga to'fon yopirildi. Meksikaning Santa-Rosaliya shahrida suv toshqini avtomobilni ag'darib yuborishi oqibatida bir kishi halok bo'ldi. Bo'ron oqibatlarini bartaraf etish uchun harbiylar jalb qilindi.

Meteorologlarning bashoratiga ko'ra, “Xilari” to'foni endi Nevada shtatiga yopiriladi. Ikki shtat favqulodda holat e'lon qildi. Ta'lim muassasalari faoliyati vaqtincha to'xtatildi, deb xabar beradi mir24.tv.