Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qogʻozdan foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish xarajatlarni, tabiiy resurslarga boʻlgan yuklamani, jumladan suv va elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish hamda chiqindilar miqdorini qisqartirishga imkon beradi. Umuman olganda, bunday amaliyot davlat organlari faoliyatini yanada barqaror, iqtisodiy samarali va ekologik xavfsiz qilishga yordam beradi.
Quyidagi tavsiyalar ofisda qogʻoz sarfini kamaytirishga xizmat qiladi:
— Raqamli texnologiyalarga oʻting: hujjatlarni chop etish oʻrniga elektron xatlar joʻnating.
— Oqilona chop eting: faqat zarur boʻlganda bosing, ikki tomonlama chop etishdan foydalaning.
— Qayta ishlangan qogʻozdan foydalaning: ekologik toza qogʻoz mahsulotlarini tanlang.
— Fayllarni onlayn ulashing: bulutli saqlash xizmatlari va hamkorlikda ishlash vositalaridan foydalaning.
Agar shu hajmdagi qogʻoz bilan yerni bir qavat qilib qoplaydigan boʻlsak, u taxminan 160 ming kvadrat metr maydonni, yaʼni 22 ta futbol maydonini yoki 127 ta olimpiya basseynini egallagan boʻlardi.
Oʻrtacha hisobda 1 tonna ofis qogʻozini ishlab chiqarish uchun daraxt turi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab 17—20 ta daraxt kerak boʻlishi mumkin. Shu sababli, 12,7 tonna ofis qogʻozini tejash orqali taxminan 240 ta daraxtni saqlab qolishga erishildi, — deyiladi xabarda.