Bu haqda navoiyshunos olim Aftondil ERKINOV oʻzining ilmiy maqolasida aytib oʻtilgan, deya xabar beradi Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati.
Taʼkidlanishicha, ushbu devon Alisher Navoiy va Mashhadiy oʻrtasidagi soʻnggi ijodiy hamkorlik ishi hisoblanadi. Ikkinchi eksponat esa 1580-yilda koʻchirilgan nodir qoʻlyozma boʻlib, navoiyshunoslar tomonidan alohida eʼtirof etiladi.
Alisher Navoiyning ijod mahsuli har qanday muzey uchun qimmatlidir. Xorijda navoiyshunoslikka maʼlum boʻlmagan qoʻlyozmalar bisyor. Masalan, Turkiya, Ozarbayjon va Yevropaning qator davlatlarida ularni uchratish mumkin. Amerikadagi Alisher Navoiy qoʻlyozmalari fan uchun ahamiyatli.
Hazrat Navoiy ham mana shu davrda Sultonali Mashhadiy yashab ijod qilayotgan Hirot shahrida boʻlgan. Katta ehtimol bilan Alisher Navoiy devonning tugallangan variantini koʻrmagan boʻlsada, qoʻlyozmaning tartib berilish jarayonida ishtirok etgan. Mazkur jihat qoʻlyozmaning ilmiy ahamiyatini oshiradi.
Ushbu qoʻlyozma haqida olim Hamid Sulaymonov ham oʻz dissertatsiyasida maʼlumot berib oʻtgan. Navoiyga mansub mazkur devon qoʻlyozmasi ilmiy jihatdan qisqa tavsiflangan.
Oʻquvchi uchun qoʻlyozma ichidagi sheʼrlar va ularning mazmuni muhim. Manbalarda keltirilishicha, yuqoridagi ikki tavsifda Navoiy devoni qoʻlyozmasi 240x150 mm hajmga ega boʻlib, uning tarkibida 863 ta sheʼr mavjudligi aytilgan.
Ayni vaqtda adabiyotshunos olimlarning qoʻlyozma nima uchun aynan “Xazoyin ul-maoniy” dan keyin tayyorlangani eʼtiborini tortmoqda. Qoʻlyozmadagi sheʼrlar va ular tarkibini tadqiq etish yangi xulosa va ilmiy tadqiqotlarga sabab boʻlishi mumkin.