Unda komissiyasi, Bosh prokuratura, Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida olib borilgan “Arxeologiya merosi ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi qonun, sohaga oid boshqa qonun hujjatlari ijrosi va ushbu soha uchun ajratilgan byudjet mablag'larining maqsadli sarflanishi bo'yicha prokuror nazorati holatining o'rganish natijalari muhokama qilindi.

Ta'kidlanganidek, ishchi guruh a'zolari dastlab Kofir qala, Nomsiztepa, YAngiariq ob'ektlarini ko'zdan kechirishgan. SHuningdek, ular Samarqand arxeologiya instituti va Samarqand davlat muzeyi qo'riqxonasida bo'lib, bu erda arxeologiya ashyolarini davlatga topshirilganligi, davlat katalogida ro'yxatdan o'tkazilganligi, arxeologiya ashyolarining hisobga olinishi va saqlanishida qonun talablariga rioya qilinganligini batafsil o'rganib chiqqan.

O'rganish natijalari senatorlar tomonidan qattiq tanqid qilinib, quyidagilar aytib o'tildi. Jumladan, “Arxeologiya merosi ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi qonun va “Madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida”gi qonunga asosan Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasi arxeologiya merosi ob'ektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazorati etarli darajada ta'minlanmaganligi oqibatida viloyatda joylashgan 86 ta arxeologiya meros ob'ekti jiddiy shikastlangan yoki ular yo'q bo'lib ketgan.

O'tgan 30 yil davomida arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan ashyolarni davlatga topshirilishi ustidan etarli nazorat amalga oshirilmagan. Qancha ashyolar topilgani hamda qaysi muassasalarga topshirilgani haqida haqqoniy hisobotlar jamlanmagan. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan arxeologiya tadqiqotlari natijasida qancha ashyolar topilgani va qaysi muassasalarga topshirilgani tahlil qilinmagan.

Davlat katalogi yuritilmagan, topilgan 4 712 ta ashyo davlat katalogidan ro'yxatdan o'tkazilmagan. Viloyatda mavjud 973 ta arxeologiya merosi ob'ektining 477 tasi yoki 49 foizida muhofaza belgilari o'rnatilmagan.

Senatorlar tomonidan bir qator qonun buzilishi holatlariga e'tibor qaratilib, jami viloyat bo'yicha 58 ta arxeologiya merosi ob'ekti buzilishi yoki yo'q qilib yuborilishi oqibatida davlat manfaatlariga 1 trln. 57,7 mlrd so'mlik zarar etkazilganligi qayd etildi.

Viloyat bo'yicha 28 ta arxeologiya ob'ektlari muhofaza hududlari buzilib, qurilishlar qilingan yoki qishloq xo'jaligi mahsulotlari ekilgan. Moddiy-madaniy ob'ektlar holatini nazorat qilish va ularni asrash yuzasidan joriy va istiqbol dasturlar ishlab chiqilmaganligi sababli ularning holati tizimli xatlovdan o'tkazilmagan.

Prezidentning 2018-yil 16-yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to'g'risida”gi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida nomigagina xatlov o'tkazilgan va uning natijalari ham haqqoniy bo'lmaganligi alohida ta'kidlandi. Xatlov natijasiga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko'chmas mulk ob'ektlari milliy ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilingan. Qaror bilan viloyatdagi 971 ta arxeologiya merosi ob'ektlari milliy ro'yxati tasdiqlangan bo'lsa-da, biroq milliy ro'yxatga kiritilgan ayrim arxeologiya merosi ob'ektlari hozirda mavjudligi joyiga chiqib o'rganilmagan. 2 ta arxeologiya merosi ob'ekti o'z vaqtida aniqlanmagan va hisobga olinmagan.

Majlisda sohalarda uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida prokuratura organlari, Turizm va sport vazirliklariga qo'mita va komissiya a'zolari tomonidan tavsiyalar berilib, tegishli topshiriqlar aks ettirilgan qaror qabul qilindi. deb xabar beradi Oliy Majlis Senati axborot xizmati.