Olimlarning fikricha, bu vabo epidemiyasi tufayli tashlab ketilgan Tuam shahri xarobalari bo'lishi mumkin. Bu haqda Arkeonews xabar berdi.
Tuam arab qo'lyozmalarida baliq va marvarid ishlab chiqarishning muhim markazi sifatida qayd etilgan. VI asrda bu shahar gullab-yashnagan. Vabo va mintaqaviy mojarodan keyin aholi shaharni tark etgan.
Qazishmalarning yangi bosqichida olimlar turar-joylarni topishdi. Ular kichik hududda joylashgan va tor xiyobonlar bilan bog'langan. Bu yerda vino idishlari ham topildi.
Bundan oldin olimlar monastir yaqinida oddiy turar-joy topilgan deb hisoblashgan. Biroq, aholi punktining kattaligi va mintaqada boshqa yirik shaharlarning yo'qligi arxeologlar tomonidan Tuam shahri topganidan dalolat beradi. Bu topilma hududning islomgacha bo'lgan tarixiga oydinlik kiritadi, deb xabar beradi report.az.