Yaponiyaning Kitakushu shahri 22 oktabr – 3-noyabr kunlari badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Nufuzli musobaqada Liliya Vlasova murabbiyligi ostida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishadigan bo‘ldi. Hozircha jahon chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoamizning kengaytirilgani tarkibiga 4 nafar sportchi kiritildi. Bular – Sabina Tashkenbayeva, Taxmina Ikromova, Yekaterina Fetisova, Mariya Pak.

Maʼlumot uchun, ushbu kengaytirilgan tarkibdan faqatgina ikki nafar sportchi yakuniy tarkibda qoladi. Shuningdek, jahon chempionatida hamyurtimiz Mayya Fillipova ham hakam sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.