International Journal of Molecular Sciences nashrida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, chekish va odam papilloma virusi birgalikda ta'sir etib, saraton kasalligining rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Avvalgi tadqiqotlar chekish va odam papilloma virusining bosh va bo'yin saratoni rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Biroq endi mutaxassislar ular birgalikda xavfli neoplazmalarning paydo bo'lish ehtimolini yanada oshirishini isbotlashdi.
Tadqiqotchilar sigareta tutuniga qo'shimcha ta'sir qilish uchun odam papilloma virusi bilan kasallangan og'iz hujayralarini ko'rib chiqishdi. SOD2 (og'iz bo'shlig'idagi xavfli o'smalar uchun biomarker) va DNKning shikastlanish darajasi tamakisiz muhitdagi nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Tajribalarning ikkinchi bosqichi 613 ta namunadagi genom transkripsiyalarini tahlilini o'z ichiga oldi. Tadqiqotchilar bosh va bo'yin saratoni rivojlanishida ishtirok etadigan molekulyar mexanizmlarning yangi jihatlarini ko'rsatadigan natijalarni ko'rsatib bera olishdi. Shu asosda saraton kasalligining oldini olish va davolashning yangi usullarini shakllantirish mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.