Eng ommabop yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar, jumladan, DM-i turidagi super gibrid modellar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi mazkur qoʻshma korxona Oʻzbekistonda joylashishi rejalashtirgan.

1995-yilga tashkil topgan BYD kompaniyasi hozirda dunyoning yetakchi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqaruvchisidir. 27 yildan ziyod akkumulyator batareyalarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish tajribasiga ega mazkur kompaniya jahonda oʻzining yetakchi innovatsiyalari, jumladan, elektromobillar taʼminot zanjirini toʻliq egaligi bilan mashhurdir.

BYD kompaniyasi oʻzi yaratgan dvigatel va yurish sistemasi, akkumulyator batareyasi, elektr motor va motorlarni boshqaruvchi tizimlariga ega yagona kompaniyadir. Avtomobillarni elektrofikatsiya yoʻnalishida xalqaro kompaniyalar bilan kuchli hamkorlik qilish ushbu kompaniyaning asosiy biznes strategiyasi hisoblanadi. 2022-yil noyabr oyi holatiga BYD kompaniyasi 3 milliondan ortiq yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillarni dunyo boʻylab xaridorlarga yetkazib berdi.

1994-yilda tashkil topgan, Uzavto mintaqada eng yirik yengil va tijoriy avtomobillar va ularni butlovchi qismlarini toʻliq siklda ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. 2020-yilda mahalliy bozordagi 95% ulushiga qoʻshimcha Uzavto oʻzining Qozogʻistondagi ishlab chiqarishi orqali soʻngi ikki yil davomida mazkur bozorda savdo xajmi boʻyicha birinchilikni egallagan. Uzavto qoʻshni davlatlarga eksport salohiyatini kengaytirib boryapti va Ozarbayjonda xam ishlab chiqarish tashkil etdi.

Yangi tashkil etilgan qoʻshma korxona orqali Uzavto va BYD kompaniyalari Oʻrta Osiyoda va undan tashqari hududlarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi avtomobillardan, ularning ekologik ustunliklaridan foydalanishni kengaytirish va bozorini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, deb xabar beradi “Oʻzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.