Matbuot anjumanida ta'kidlanishicha, “BioGenetic” qurilmasi yurtimizda tashabbuskor guruh tomonidan pandemiyadan oldin xona havosini zararsizlantirish uchun yaratilgan. 2020 yil mart oyida SeO va JSX ekspertlari tashabbusiga ko'ra qurilmaning imkoniyatlari bakteriologiya laboratoriyalarida sinovdan o'tkazilgan. Pandemiya boshlanishi bilan epidemiologiya hamda virusologiya ekspertlari tavsiyalariga asosan, “BioGenetic” qurilmasi, bakteriya, mikrob va viruslarni havo, havo tomchilari orkali tarqalishini oldini olish imkoniyatigacha takomillashtirilgan.

 Qurilmaning haqiqatdan ham bir necha soniyada viruslarni nobud qilish imkoniyatini o'rganish maqsadida yurtimizning etuk professor va ekspertlari birlashib, mavjud Covid viruslarini havo orqali purkash, suyuqlik orqali tomchilab tomizish, zararlangan inson organizmidan nafas chiqarish yo'li bilan tarqatiladigan viruslarni probirkalarga tutish, PTSR musbat natijalariga qurilma bilan ta'sir ko'rsatish kabi usullarni ishlab chiqdi. 

 2020 yil aprel` oyida “BioGenetic” qurilmasi Covid virusiga qarshi Covid-19 markazlarida keyinchalik virusologiya laboratoriyalarida sinovdan muvafaqqiyatli o'tgan.  Sinov natijalariga ko'ra, Covid virusining SARS va boshqa turkumlari qurilma ta'siri ostida elektronlar orqali qobiqqa olinib virus RNKsi nobud bo'lgani isbotlangan.

 Hozirgi kunda Sanitariya – epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent vaktsina va zardoblar ilmiy – tadqiqot instituti, Virusologiya, Bakteriologiya, Gematologiya qon quyish markazi, ekspertlari tashabbusi bilan yaratilgan Covid virusining barcha shtammlarini bir necha soniya ichida nobud qiluvchi qurilmaning barcha laboratoriya, klinik hamda taqqoslash sinovlari nihoyasiga etdi.

 Klinik sinovlar koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo'ljallangan maxsus «Zangiota-1, 2» shifoxonalarida o'tkazilib,  tahlillarga asosan, Covid turkumiga kiruvchi barcha viruslar havoda, sirtda va suyuqlikda nobud bo'ldi.

 Bir yarim yil mobaynidagi tahlil va sinovlar, inson organizmiga salbiy ta'sir ko'rsatmadi, aksincha, zararlangan fuqarolarda nafas olish engillashdi, immunitet ko'tarildi, allergiya va astma kabi xastaliklar ham bartaraf etildi. Zararlargan fuqarolarda Covid turkumiga xos virus 3 kun mobaynida yo'q qilindi.

 Xozirgi kunda qurilma ko'plab laboratoriya, klinika, shifoxona va tashkilotlarda o'rnatilgan.   

  Qurilma imkoniyatlari: 100 metr kvadrat maydondagi xona inaktivatsiyasi uchun 15 daqiqa kifoya. Havo orqali infektsiya yuqishi xavfini butunlay yo'qqa chiqaradi. Inson nafas olish yo'llaridagi viruslarni masofaviy tozalash, hamda havodagi virus va bakteriyalarni bartaraf etishga qaratilgan.

 Hozirgi kunda YAponiya, Rossiya, Amerika va Evropa davlatlari ekspertlari ham shu kabi texnologiyalar ustida ish boshladi. Analoglarini Yaponiya va Rossiya davlatlarida ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

 Mutaxassislarimiz ushbu texnologiyadan tibbiyot muassasalari va odam gavjum bo'ladigan boshqa bino va inshootlarda foydalanishni tavsiya etishmoqda. Ishlash printsipi eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan va inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz.