Massachusets umumiy kasalxonasi mutaxassislari guruhi elektron sigaretalardan surunkali foydalanish oqibatlarini aniqladi. Bu kichik havo yoʻllarining progressiv obstruksiyasiga, nafas qisilishi va koʻkrak ogʻrigʻiga olib keladi.
Shifokorlar mikroskoplar yordamida 3-8 yildan buyon elektron sigareta chekadigan bemorlarning oʻpka toʻqimasini tekshirishdi. Baʼzi bemorlarda fibroz va havo yoʻllarining shikastlanishi qayd etilgan. Olimlar, shuningdek, chekishni tashlaganlarda kam asoratlar qolganini, ahvoli qisman yaxshilanganini payqashdi.
Batafsil tekshiruvdan soʻng, shifokorlar ularda bronxlardagi fibroz tufayli konstruktiv bronxiolitni aniqladilar. Bundan tashqari, toʻrtta bemordan uchtasida engil amfizem belgilari bor edi, chunki ular ilgari anʼanaviy sigareta chekishgan, deb xabar beradi lenta.ru.