Elektron tijoratni boshqarish boʻyicha yagona axborot platformasi - “E-trade” ishga tushiriladi

    Raqamlashtirish 22 Fevral 2021 4476

    Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijorat maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va uni yana-da rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

    Qayd etilishicha, elektron tijorat sohasida isteʼmolchilarning huquqlari buzilishi va soliq toʻlashdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq qator muammo va kamchiliklar uchramoqda.

    Hujjatga bilan mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni, xususan, elektron tijorat maʼmuriyatchiligining zamonaviy modelini yaratish koʻzda tutilgan.

    Belgilanishicha, 2021-yil 1-apreldan boshlab:

    — tovarlar (xizmatlar) bilan elektron savdoni amalga oshiruvchi (elektron shaklda xizmatlarni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslar bundan mustasno), keyinchalik ularga tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi amalga oshiriladigan internet tarmogʻida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda majburiy joylashtirish uchun maxsus raqamli koddan foydalanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz faoliyatining boshlanishi haqida soliq organlarini xabardor qilish tartibi joriy etiladi;

    — tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosida tovar-moddiy boyliklarni olish uchun elektron shartnomalar, tovar-transport yuk xatlari va ishonchnomalarni rasmiylashtirish, shuningdek, onlayn rejimda davlat soliq xizmati organlariga elektron tijorat doirasida hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻtkazish funksiyasi mavjud boʻlgan virtual kassalardan foydalaniladi;

    — sotuvchi va yuk tashuvchilar tomonidan tovar-kuzatuv hujjatlarini (hisobvaraq-fakturalar (invoys), yuk xati va boshqa hujjatlarni) “Yuk tashish monitoringi” axborot platformasida roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

    Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi boʻyicha faoliyatni boshlash soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

    Yangi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 2021-yil 1-sentyabrga qadar elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestrini modernizatsiya qilishni amalga oshiriladi va uning negizida tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni taʼminlovchi “E-trade” elektron tijoratni boshqarish boʻyicha yagona axborot platformasi yaratiladi.

    Belgilanishicha:

    — elektron tijorat ishtirokchilari, toʻlov tizimlari tomonidan Yagona platformadan foydalanish, shu jumladan, tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha reklamani joylashtirish bepul tarzda amalga oshiriladi;

    Yagona platformadan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliq siri hisoblanadi.

    Shuningdek, hujjatga muvofiq, 2023-yil 1-yanvarga qadar oʻz faoliyatini boshlaganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda soliq organlarini xabardor qilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshirish natijasida olingan daromad yoki foyda boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq va foyda soligʻining stavkalari, ular tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosi bilan shugʻullanadigan Elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qatʼiy nazar, 50 foizga pasaytiriladi.

    2023-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga tovarlar (xizmatlar) elektron savdosi bilan shugʻullanuvchi va oʻttiz yoshgacha boʻlgan bitta jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga soliq organlarini xabardor qilgan holda quyidagi soliqlarni foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etilsin:

    — mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza bermasdan turib aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha - ularni keyinchalik 24 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan;

    — ijtimoiy soliq va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha - uni keyinchalik 24 oy davomida teng ulushlarda toʻlash sharti bilan.