Butunjahon meteorologiya tashkiloti (VMO) ma'lumotlariga ko'ra, 1976-yildan 2006-yilgacha Yevropa Ittifoqida qurg'oqchilikning soni va intensivligi keskin o'sdi va ulardan zarar ko'rgan maydon deyarli 20 foizga oshdi.
2020-yilda Jahon resurslar instituti (WRI) 2030-yilga borib chuchuk suvga bo'lgan talab 56 foizga oshishini taxmin qilgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Biroq qurg'oqchilik suv tanqisligiga olib keladigan yagona omil emas. Qishning salqinligiga va yetarli miqdorda yog'ingarchilikka o'rganib qolgan Yevropa siyosatchilari suv ta'minoti haqida kam o'ylashdi.
“Yevropadagi (suv) rejimlarning aksariyati mo'l-ko'lchilik davri merosi. Endi ularni isloh qilish kerak”, deydi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakili Ksavye Leflyev.
Qolaversa, muammo Yevropaning quruq yerlari bilan cheklanib qolmaydi.
EurEau atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, yomon holatdagi quvurlar tufayli Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o'rtacha 25 foiz ichimlik suvini yo'qotmoqda. Masalan, Rimda bu ko'rsatkich 42 foizga yetadi, chunki shaharning ba'zi dahalarida suv ta'minoti tizimi Rim imperiyasi davridan beri saqlanib qolgan.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ta'kidlanganidek, Germaniyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari suv resurslarining katta miqyosda yo'qotilishiga yo'l qo'ymaslik uchun “yillik suv ta'minoti xarajatlarini chorakdan ko'proq oshirishi kerak”.