Prezident Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yoʻldoshev bilan telefon orqali suhbatlashdi
Kecha Parij Paralimpiadasida qatnashayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar sonini 10 taga yetkazib, tarixdagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
Para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiyamiz hisobiga 10-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.