Germaniya nuqtayi nazari: Samarqand forumi xalqaro hamjamiyatning alohida eʼtiboriga sazovor boʻldi

    Mattias Dornfeldt: “Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliarddan ortigʻi huquq va manfaatlarini himoya qiladigan yoshlar ekanligini hisobga olsak, ushbu tadbirning naqadar dolzarbligini anglaymiz.”

    Mattias Dornfeldt - Kavkaz va Kaspiy tadqiqotlari boʻyicha Yevropa institutining Berlin tadqiqot markazi direktori. U oʻz faoliyatini hisobga olib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi jarayonlarning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boradi. “Dunyo” AA muxbiri ekspert bilan Oʻzbekistonda sodir boʻlgan soʻnggi voqealar va mamlakatimizning tendensiyalari borasida suhbatlashdi.

    - Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro maydonda sezilarli darajada faoliyat koʻrsatmoqda, - dedi Mattias Dornfeldt. – Ochigʻini aytganda, 12-13-avgust kunlari respublika tashabbusi bilan oʻtkazilgan inson huquqlari boʻyicha muhim xalqaro forum menda katta taassurot qoldirdi. Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliarddan ortigʻi huquq va manfaatlarini himoya qiladigan yoshlar ekanligini hisobga olsak, ushbu tadbirning naqadar dolzarbligini anglaymiz.

    Shu sababli Oʻzbekistonning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifi alohida eʼtirofga loyiqdir.

    Bugungi kunda baʼzi eʼtibordan chetda qolgan yoshlarning huquqlari ham hurmat qilinishi va qonuniy ravishda taʼminlanishi juda muhimdir. Shuni yodda tutgan holda men Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tashabbusni ilgari surib, forum ishtirokchilarini qutlar ekan nihoyatda taʼsirchan nutq soʻzlaganini aytib oʻtmoqchiman.

    Xalqaro tashkilotlar va dunyo mamlakatlarining koʻplab nufuzli vakillari forumning yuqori darajada oʻtganligini shu bilan belgilashdiki, Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterresh mazkur forum ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi.

    Mazkur tadbir Oʻzbekiston oʻzining ichki va tashqi siyosatida usutvor yoʻnalishlarni aniq belgilab olgani va ularni amalda izchil amalga oshirayotganini yana bir bor tasdiqladi.Bu Oʻzbekistonning bunday yuqori darajadagi birinchi konferensiyasi emas. Ikki yil oldin men oʻzim Toshkentda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlik boʻyicha xalqaro konferensyaida ishtirok etganman, unda turli mamlakatlarning koʻplab yuqori martabali vakillari ishtirok etgan.


    Umid qilamanki, Oʻzbekistonning hozirgi tashabbusi serhosil tuproqqa tushib, dunyoning aksariyat davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, haqiqiy natijalarni taqdim etadi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonning oʻzi qonun hujjatlarida yoshlarning huquqlarini taʼminlashning asosiy tamoyillarini allaqachon joriy etgan va tegishli choralarni amalga oshira boshlagan.

    Menimcha, bu toʻgʻri yoʻnalishdagi muhim qadamdir. Chunki bugungi faol yoshlar yaqin kelajakda barcha davlatlarda yuqori lavozimlarni egallaydilar. Shu sababli ularning rivojlanishi va masʼuliyatli fuqarolar sifatida shakllanishiga hissa qoʻshadigan munosib huquqlarga ega boʻlishlari juda muhimdir.