Issiqlik tarmoqlarining 60 foizi taʼmirtalab ahvolda, tarmoq yoʻqotishlari 40 foiz

    Urbanizatsiya 28 Oktabr 2021 1353

    Bugun AOKAda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri oʻrinbosari Qurbon Tursunov, Toshkent shahar “Toshissiqquvati” DUK bosh muhandisi Aziz Karimbekov, vazirlik axborot xizmati rahbari Jamoliddin Qalandarov ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan maʼlumot berildi:

    2020-2021-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazishda, respublika hududiga sovuq havoning kirib kelishi munosabati bilan joriy yilning 12-14-oktyabr kunidan boshlab koʻp kvartirali uylar va ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan taʼminlab kelinmoqda.

    Bugungi kunda respublika miqiyosida 38 382 ta koʻp qavatli uylar mavjud boʻlib, ulardan 15 120 tasi (39,4%) markazlashgan issiqlik taʼminotiga, 5 588 tasi (14,6%) induvidual (ikki konturli qozonlar, kontramarka, goland pechlari orqali) issiqlik taʼminotiga ega. Qolgan 46%, yaʼni 17 674 ta koʻp qavatli uylar boshqa turdagi loyihasiz (konditsioner, elektr isitgichlar va koʻlbola isitish moslamalaridan) foydalanib kelmoqda. Mazkur uylarning aksariyati 2 va 3 qavatli uylardan iborat.

    Bugungi kunda respublika boʻyicha Buxoro (68%), Navoiy (85%), Toshkent (66%) viloyatlari va Toshkent shahrida (100%) markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimi mavjud.

    Respublikadagi 20 ta faoliyat yuritayotgan issiqlik taʼminoti korxonalari balansidagi 500 ta qozonxona ish faoliyatida boʻlib, ushbu qozonxonalardagi qozonlar maʼnan eskirgan.

    Mavjud 4 500 km issiqlik tarmoqlaridan 2 500 km qismi (60%) taʼmirtalab ahvolda, tarmoq yoʻqotishlari esa 40 foizni tashkil etmoqda.

    Oʻtgan mavsumdagi kamchiliklar taʼhlili natijalari asosida hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kavatli uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi.

    Qarorga koʻra 2021-yilda vazirlik tasarrufidagi issiqlik taʼminoti tashkilotlarida jami 578 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar hamda issiqlik tarmoqlarida sinov tekshiruv ishlari amalga oshirilib, natijasiga koʻra 94 ta qozonxonalar, 930 ta qozonlar va 747 km issiqlik tarmoqlari mukammal va joriy taʼmirlanishi belgilab olindi.

    Bugungi kunga qadar belgilab olingan ishlar boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    28 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar, 94 ta qozon uskunalari va 217 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari toʻliq mukammal taʼmirlandi.

    Shuningdek, 66 ta markaziy va mahalliy qozonxonalar, 836 ta qozon uskunalari hamda 530,0 km issiqlik tarmoqlari toʻliq joriy taʼmirlandi.

    Respublika miqiyosida viloyatlar boʻyicha barcha obyektlarda taʼmirlash ishlari yakunlangan.

    Kuz-qish mavsumini barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etilib, tegishli vazirlik, idoralar va hududiy hokimliklar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar monitoring qilinib kelinmoqda.

    Issiqlik taʼminoti korxonalarida tashkil etilgan avariya-dispetcherlik xizmatlari

    Hozirda viloyatlardagi barcha hududiy boshqarma va korxonalarda “Viloyat shtabi” tashkil etilib, shtabga sohaga aloqador masʼul xodimlar biriktirilgan.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmalari bilan birgalikda kuz-qish mavsumida issiqlik taʼminoti tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, barcha issiqlik taʼminoti korxonalarida “24 soat”li “dispetcherlik xizmati” yoʻlga qoʻyilgan.

    Qozonxona hamda issiqlik tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etilishida issiqlik taʼminoti korxonalari tizimida tashkil etilgan tun-u kun xizmat koʻrsatuvchi avariya-brigadalari tashkil etilib, avariyalarni bartaraf etilishida zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlar (kislorod balon, payvandlash uskunasi, turli diametrdagi quvurlar, zulfinlar) bilan taʼminlangan.

    Bugungi kunga qadar Andijon, Buxoro va Namangan viloyatlaridan tashqari barcha viloyatlarda 2021-2022-yil isitish mavsumi boshlandi.

    Isitish mavsumida birinchi navbatda ijtimoiy soha obyektlari, undan soʻng koʻp qavatli uy-joy fondi va maʼmuriy binolari issiqlik energiyasi bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan.

    Issiqlik bilan taʼminlanmagan koʻp kvartirali uylar va mavsumni oʻtkazish boʻyicha koʻrilayotgan choralar

    Joriy yilda respublika byudjeti, investitsiya dasturlari, hamda qator moliyaviy jamgʻarmalar hisobidan issiqlik taʼminoti tizimini tiklash yuzasidan ishlar ham amalga oshirilmoqda. Jumladan:

    Investitsiya dasturi doirasida 100,0 mlrd.soʻm mablagʻ hisobidan 5 ta Yangiyoʻl shahridagi “RK-1”, va “Turon” qazonxonalarida, Samarqand shahridagi “RK-1” qazonxonasida, Margʻilon shahridagi 130 ta koʻp qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash, hamda Keles shaharchasidagi koʻp qavatli uylarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.

    “Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” mablagʻlari hisobidan Namangan shahar issiqlik taʼminotini rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha ishlar davom etmoqda.

    Loyiha nihoyasiga yetgach, Namangan shahridagi 350 ta koʻp qavatli uylar (16 334 xonadon) va 37 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.

    Bundan tashqari Toshkent viloyatidagi koʻp kvartirali uylarni issiqlik bilan taʼminlash boʻyicha “Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi” hisobidan 19,0 mln.AQSH dollari ajratilgan.

    Loyiha natijasida Toshkent viloyatidagi 868 ta koʻp kvartirali uylar va 42 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.

    Shuningdek, “Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish” jamgʻarmasi hisobidan Xorazm viloyatida issiqlik taʼminotini yaxshilash maqsadida, 2021-yil uchun 34,4 mlrd.soʻm ajratilgan. Bugungi kunda mazkur amalga oshirilayotgan ishlar 90% ga bajarildi.

    Loyiha natijasida Xorazm viloyatidagi 78 ta koʻp kavatli uylar va 25 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.

    Shu bilan birga Jahon banki ishtrokida Chirchiq shahrida amalga oshirilishi boshlangan loyiha 1-noyabrga qadar oʻz yakuniga yetkaziladi. Loyiha yakunlangach, 13 ta koʻp qavatli uylar va 2 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi. Qolgan lotlat boʻyicha tender savdolari oʻtkazilib, pudrat tashkilotlari tomonidan ishlar boshlab yuborilgan.

    ✔️ Toshkent shahar “Toshissiqlikquvvati” tomonidan amalga oshirilgan ishlar

    Toshkent shahar “TOSHISSIQQUVVATI” DUK tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    - qozonxonalardagi 5 ta qozonlarni mukammal taʼmirlash;

    - qozonxonalardagi 671 ta qozonlarni joriy taʼmirlash;

    - eskirgan 157,491 km quvurlarni qayta yotqizish;

    - issiqlik 456,995 km kanal tarmoqlarni joriy taʼmirlash;

    - issiqlik 95,589 km kanal tarmoqlardagi issiklik izolyatsiyasini kayta tiklash;

    - 5 ta nasos stansiyalarni mukammal taʼmirlash;

    - 81 ta nasos stansiyalarni joriy taʼmirlash reja -, amalda 81ta.

    - 1843 ta zadvijkalarni almashtirish va taʼmirlash;

    - 4189 ta havodan oʻtgan issiqlik quvurlaning ustunlarni boʻyash;

    - 13ta issiqlik hisoblash puntklarni taʼmirlash belgilangan.

    Issiqlik korxonasi tomonidan “Obod mahalla” dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, dasturda rejalashtirilgan ishlar xozirgi kunga bajarilgan. Jumladan,

    - 26 dona qozonlarni joriy tajmirlash;

    - 4,026 km.quvur eskirgan issiqlik quvurlarni almashtirish;

    - 3,555 km quvurlarning issiqlik izolyatsiyasini qayta tiklash;

    - 12,754 km kanal issiqlik quvurlarni joriy taʼmirlash;

    - 6 dona nasos stansiyalarni joriy taʼmirlash;

    - 25 dona zulfinlarni taʼmirlash va almashtirish;

    - 233 dona havodan oʻtgan issiqlik quvurlarni ustunlarini boʻyash ishlari amalga oshirildi.

    Toshkent shahar issiqlik taʼminoti tizimida yuzaga kelgan vaziyatni toʻgʻrilash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2019y.dagi “Toshkent shahrining issiqlik taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4543-sonli Qarori imzolangan boʻlib, unda “2020-2022-yillar uchun Toshkent shahri issiqlik taʼminoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari” tasdiqlangan va unga koʻra 2023-yilgacha 358,5 km quvurlar qayta yotqizilishi zarur, jumladan, (yillar boʻyicha)

    2021-yilda - 157,3 km quvurlar, 35,3 km magistral tarmoqlar;

    2022-yilda - 201,2 km quvurlar, 40,8 km magistral tarmoqlar.

    2021-yilda qayta yotqizish (158,02 km) avvalgi yillarga nisbatan hajmining 30-40 kmga ortishi isiiqlik tarmoqlardagi nosozliklar kamayishiga (yirik nosozliklar bundan isitisno) va koʻp sonli isteʼmolchilarning issiqlik tarmogʻidan uzilishiga olib keladi (turar-joylar, kasalxona, shifoxona, maktab, bolalar bogʻchalari va hokazo).

    Issiqlik tarmoqlaridagi nosozliklar sonining kamayishi natijasida, korxonaning moliyaviy holatining yaxshilanishi hamda qoʻshimcha suv sarfini kamayishiga erishiladi.