Tadqiqotlar davomida tasdiqlanishicha, har ikki xastalikni birgalikda muolaja qilish bir qator afzalliklarga ega. Xususan, bunday terapiya davolash samaradorligini oshirib, kuzatuv ostidagi bemorlar soni kamayishi hamda oʻlim koʻrsatkichlari qisqarishiga xizmat qiladi.
Mazkur jarayonda qisqa yoki uzoq muddatli peroral muolaja kurslaridan foydalanish mumkin. Buning uchun dori vositalarining oʻzaro taʼsiri va bemorning xohish-istaklari inobatga olinishi kerak.
JSST kelgusida ushbu yondashuv asosida sil kasalligini davolashga doir tavsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni rejalashtiryapti, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz: tuberkulyozning oldini olish va uni toʻliq davolash mumkinligiga qaramay, bu xastalik yer yuzida har yili 1,6 million nafar odamning hayotiga zomin boʻlib kelyapti. Gepatit esa yuqumli kasalliklar orasida oʻlim holatlari soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi va yiliga 1,3 million inson shu xastalikdan koʻz yumadi.