Bunga yorqin misol JSST ekspertlarining mamlakatimizga navbatdagi missiyasi boʻla oladi. Mazkur missiyaning yakuniy uchrashuvi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boʻlib oʻtdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) missiyasi 10 nafar atrofidagi ekspertlardan tarkib topgan. Ular 8—19-aprel kunlari Oʻzbekistonda boʻlib, sogʻliqni saqlash tizimining ona va bola salomatligini muhofaza qilish muassasalariga tashrif buyurgan har xil mamlakatlar mutaxassislaridir. Ular tomonidan Samarqand, Fargʻona viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri statsionarlari faoliyati baholandi.
Tashrif «Oʻzbekistonda oldi olinadigan onalar va bolalar oʻlimining kamayishi uchun Ishonch-2030» loyiha doirasida tashkil etilgan. Ushbu loyiha JSSTning mamlakatdagi ofisining texnik koʻmagi ostida amalga oshirilyapti.
19-aprelda Respublika ona va bola salomatligi markazida Oʻzbekistonda Onalar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar va bolalarga statsionar yordam holatining JSST ekspertlari tomonidan kompleks baholash natijalarining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Akusherlik xizmati tahlili paytida tibbiy personalning ayollarga xayrixohona munosabati, hamda yaratilgan maishiy sharoitning mavjud normalarga mosligi JSST ekspertlari tomonidan eʼtirof etildi. Hamkorlikda tugʻish amaliyotini kengaytirish, JSSTning 2020-yildagi hamkorlikda tugʻish dasturlarni joriy etish tavsiyalari berildi.
Akusher-ginekologlar ishi monitoringida JSST ekspertlari akusherlik holati boʻyicha bir qator milliy protokollarning xalqaro standartlarga toʻliq mos ekanligini, zarur shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarurati tugʻilgandagi sharoitlarni, shuningdek, koʻpgina statsinorlardagi laboratoriyaning uzluksiz ishlashini qayd etdi. Bu yerda kesarev operatsiyasi sonini, hamda joylarda samarasi isbotlanmagan preparatlardan foydalanishlarni kamaytirish boʻyicha yanada ish olib borish zarurligi qayd etildi.
JSST vakillarining muhim tavsiyalaridan biri joylarda Oʻzbekistonda harakatda boʻlgan milliy klinik protokollarga (MKP) toʻliq rioya etish sanaladi.
Respublika ona va bola salomatligi markazi, hamda Oʻzbekistonning tibbiyot oliygohlari MKP boʻyicha treninglar tashkil etish va ularning bajarilishini monitoring qilish boʻyicha katta ishlar olib boryapti. Shunga qaramay, joylarda zamonaviy bilimlarning joriy etilishi eng avvalo har bir shifokorning protokollarga rioya etish boʻyicha aynan oʻz masʼuliyatini his qilishiga bogʻliq.
JSST ekspertlari tomonidan, shuningdek, MKPlarn yangi yoʻnalishlarda ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar berildi. Bunday ish Respublika markazida doimiy ravishda olib boriladi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining mazkur missiyasining natijalarini inobatga olgan holda davom ettiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.