Karantin qoidalari nima uchun kuchaytirildi?

    Salomatlik 12 Iyul 2020 7746

    Tahririyatimiz mamlakatning etakchi ekspert-tahlilchilaridan biri bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori o'rinbosari Sanjar Valiev bilan suhbatlashdi.

    10 iyuldan boshlab Koronavirusni nazorat qilish bo'yicha maxsus Respublika komissiyasining qaroriga binoan karantin cheklovlari yana kuchaytirildi. Ushbu qadam ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in munozaralarga sabab bo'lyapti. Aftidan, bu masala haqida fikr bildirmaganlar deyarli qolmadi. Tabiiyki, odamlarda ko'plab savollar yuzaga kelyapti. Ko'pchilik ish, daromad va boshqa cheklovlar bilan bog'liq yo'qotishlardan xavotirda.

    Siz vaziyatni sharhlab, ro'y berayotgan voqealarga o'z holis bahoingizni bersangiz.

    - Sizning fikringizga to'liq qo'shilaman, karantin cheklovlarini kuchaytirish masalasi haqiqatan ham qizg'in munozaralarga sabab bo'lyapti. Va biz «ekspertlar» deb nom olgan bir qator faollar guruhi tarafidan ushbu masala atrofida xayrihox va qarshi fikrlar bo'yicha bahs-munozaralar keltirib chiqarilayotganligini ko'rib turibmiz. Bundan tashqari, ko'plab fikrlar ular tomonidan bir tomonlama yoki butunlay noto'g'ri talqin etilyapti.

    YUqorida aytib o'tilgan aksar «ekspertlar» uchun asosiy maqsad chiroyli sarlavha va o'z auditoriyasini sonini oshirish bo'lib qolmokda. Ammo sodir bo'layotgan voqealarning mohiyati, odatda, kamchilik tomonidangina holis yoritiladi.

    SHu o'rinda men e'tiborni jalb qilmoqchi bo'lgan ba'zi jihatlar mavjud. SHuning uchun, keling, mavjud vaziyatga oydinlik kiritib olaylik.

    Birinchidan, karantin rejimini kuchaytirish zaruriy choradir. Bu qaror asossiz qabul qilinmadi. Keling, kasallikning o'sish statistikasiga e'tibor qarataylik. Agar may oyida o'rtacha kunlik kasallanishlar soni 51 kishida qayd etilgan bo'lsa, iyun oyida bu ko'rsatkich 163 ga etdi. Iyul oyining boshidan boshlab kuniga o'rtacha 324 ta yuqumli kasallik aniqlandi. Afsuski, kasallikdan nobud bo'lganlar soni ham ko'paydi.

    Aslida virus mavjudmi va nima uchun karantin cheklovlari qayta joriy etildi deb savol beradiganganlar ushbu statistikaga e'tibor qaratishlari kerak.

    Infektsiyaning yana avj olishiga – ko'pincha odamlarning beparvoligi sabab bo'layotganligini ham tan olishimiz kerak. Karantin cheklovlari qisman yumshatilishi bilanoq ko'pchilik mavjud elementar epidemiologik talablariga rioya qilishni to'xtatdilar. «Niqob rejimi» o'rniga negadir «iyagiga niqob» taqish tartibi keng tus oldi. Ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilish haqida gapirmasa ham bo'ladi.

    To'ylarni o'tkazish bo'yicha mavjud aniq ko'rsatmalarga qaramay, ko'pchilik ushbu marosimlarga yuzdan ortiq mehmonlarni taklif qilib, ommaviy tarzda nishonlashni davom ettirdi. Va buning oqibatida vujudga kelgan vaziyatga guvox bo'lyapmiz. Bunday marosimlardan so'ng o'nlab odamlar infektsiya yuqtirib olgan yoki karantinga olingan.

    SHu sababli, karantin cheklovlarini qayta kuchga kirishi atrofidagi bahs-munozaralarda yanada qattiqroq cheklovlarni joriy etish tarafdorlari ham bor. Ular cheklovlar umuman olib tashlanmasligi kerak, deb ta'kidlaydilar. Pandemiyada eng muhim qoidalardan biri karantin va o'zini izolyatsiya qilish shartlariga rioya qilishdir. Bundan tashqari, qachon kasallikka qarshi samarali vaktsina ishlab chiqilishi noma'lum bo'lgan vaziyatda- yagona to'g'ri yo'l – karantin bo'lib qolyapti. Odamlar bularning barchasiga jiddiy munosabatda bo'lishlari kerak.

    Agar jaxon tajribasiga e'tibor bersak, karantin qoidalariga rioya qilmay ularni buzganlik uchun ko'plab mamlakatlarda qattiq jazo choralari ko'riladi. Qo'shma SHtatlarda, agar bir kishi majburiy izolyatsiyani buzgan va boshqalarga yuqtirgan bo'lsa, unga 100 ming dollar jarima yoki 1 yilga qamoq jazosi berilishi mumkin. Ispaniyada uyini uzrli sabablarsiz tark etish uchun karantin davrida jarimalar miqdori 600 dan 10,4 ming evrogacha bo'lgan. Frantsiyada karantin qoidalarini muntazam ravishda rad etgani uchun 6 oygacha hibsga olinishi va 3700 evro jarimaga tortilishi mumkin edi.

    Men diqqatni jalb qilishni istagan ikkinchi narsa shundaki, karantin rejimining qayta kuchaytirilishi, ko'pchilik tasavvur qilganidek, to'liq bloklash emas.

    Ushbu cheklovlarning asosiy mohiyati aholini iloji boricha himoya qilish va virus tarqalish zanjirini uzishdir. e'tibor bersak, cheklovlar joriy qilingan sohalar asosan odamlarni ommaviy to'planishi bilan bog'liq.

    Misol uchun: jamoat transporti, parklardagi attraktsionlar, kiyim-kechak bozorlari, fitness zallari, ovqatlanish joylari, sanatoriyalar, bolalar bog'chalari va lagerlar – bularning barchasi odamlar katta miqdorda to'planadigan ehtimoliy virus o'chog'laridir.

    SHu bilan birga, bunday sharoitda iqtisodiyotni to'liq to'xtatib qo'yish, ommaviy ishdan bo'shatish to'g'risida gapirish noo'rindir.

    Iqtisodiy faoliyatda keng ko'lamli cheklovlar kuzatilmayayotganini ta'kidlab o'tmoqchiman. Bundan tashqari, Prezident SH.M.Mirziyoev yaqinda bo'lib o'tgan yig'ilishda faoliyati to'xtatilgan korxonalarning kamida 70 foizini sentyabrgacha va yil oxirigacha qayta ishga tushirishni aniq vazifa qilib qo'ygan edi.

    YAna bir muhim masala – xodimlarni "masofaviy ish" ga o'tkazish bo'yicha tavsiyalar ularning ish haqi yoki daromadlarini yo'qotishlarini anglatmaydi.

    Ish beruvchilar xodimlarning ish haklarini to'lab berish bilan bog'liq bo'lgan majburiyatlarini saqlab qoladilar. SHu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, mart davrida joriy etilgan karantinda, ijtimoiy so'rovnomalar natijalariga ko'ra, fuqarolarning aksariyat qismi o'z ish o'rinlarini va daromad manbalarini saqlab qoldilar.

    Ammo cheklovlarga duchor bo'lgan sohalarda faoliyat yurituvchi shaxslar qiyinchiliklar zarbi ostida qolishgani bo'yicha baxs-munozaraga o'rin yo'q. Albatta, ular og'ir ahvolga tushishdi, lekin butunlay imkonsizlik holatiga emas.

    Xorij tajribasi misolida ko'rishimiz mumkinki, aynan ushbu sohalar onlayn maydonni faol ravishda o'zlashtirmoqdalar. Savdo nuqtalari jadallik bilan elektron savdo shakllariga o'tmoqda, oziq-ovqat xizmati taomlarni etkazib berish tizimiga yo'nalgan holda vaziyatga moslashmoqda va xokazo.

    Bugungi kunda shu narsa tushunarliki, koronavirus millionlab insonlarning turmush tarzlariga o'z tuzatishlarini kiritdi, insonlar hayoti endi avvalgidek bo'lmaydi, ko'p odatlarni qayta ko'rib chiqishga to'g'ri keladi.

    Aynan ovqatlanish xizmati, savdo-sotiq va ommaviy hordiq tarmoqlari yangi sharoitga moslashishiga to'g'ri keladi.

    Qolaversa, hamma narsani turli nuqtai nazardan tahlil qilmoq lozim. Buyum bozorlari, sport zallari, kafe va restoranlarning faoliyati albatta muhim. Lekin bu xizmat turlariga birinchi ehtiyoj sifatida qaralmaydi. Menga oddiy fuqaro sifatida, birinchi navbatda, oziq-ovqat do'konlari va dorixonalarning uzluksiz faoliyat yuritishi muhim. SHuningdek, ularda mahsulotlar tanqisligi bo'lmasligi va narxlarning keskin ko'tarilmasligi lozim.

    Boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda ayniqsa rivojlangan davlatlar bilan biz bunday holatlarni oldini olish uddasidan chiqyapmiz.

    SHu o'rinda yana ko'shimcha qilmoqchimanki, menda joriy karantin davrida ko'pchilik kabi kafe va sport zallarga qatnash bilan bog'liq ortiqcha chiqimlardan xalos bo'ldim, ya'niki, ikkilamchi ehtiyojlar uchun sarf-xarajatlarni kamaytirdim.

    Uchinchidan, katta qiyinchiliklarga duch kelgan aholini qo'llab-quvvatlash ishlariga to'htalmasdan ilojimiz yo'q. Hozir bu masalaning atrofida ko'plab mish-mishlar va turli hil uydirmalar to'planmoqda.

    Masalaning o'ta nozikligi va og'riqliligi bo'yicha fikrlarga qo'shilaman. Zotan, voqealar rivojining bunday tus olishini xech kim kutmagandi, xattoki dunyo miqyosida ham xech kim ilg'amagandi. SHak-shubxasiz, ko'pchilik qiyinchiliklar bilan to'qnashdi.

    Lekin shuni ta'kidlaymanki, mavjud vaziyatda davlat chekinmadi, o'z zimmasidagi ma'suliyatni bajarishga kirishdi. SHu ma'noda, ayrim soxta ekspertlarning xalq inqiroz davrida xech qanday yordam olmayapti degan da'volari mutlaqo o'rinsizdir. Ulardan farqli ravishda men faktlar bilan izohlayman. eng muhimi, ijtimoiy muhtoj qatlamlar e'tibordan chetda qolishmadi.

    Faqatgina «Saxovat va ko'mak» umumxalq harakati doirasida 583 ming iqtisodiy nochor oilalarga 307 milliard so'mdan yuqori miqdorda moddiy ko'mak berildi.

    YOki misol tariqasida Respublika Maxsus komissiyasining qiyin ahvolda qolgan 120 ming oilani qo'llab-quvvatlash bo'yicha so'nggi qarorini olaylik. Bu erda moliyaviy ko'makka muxtoj bo'lganlarning etarlicha keng ro'yxati keltirilgan. Bu maqsadlarda 20 milliard so'm miqdoridagi mablag'lar ajratildi.

    27 ming ishsiz qolgan fuqarolarni moddiy qo'llab-quvvatlash va ularga ishsizlik nafaqalari to'lash uchun esa 10 milliard so'm miqdoridagi mablag'lar yo'naltirildi.

    SHu o'rinda, “vertolyot puli” amaliyoti bilan bog'liq bir vaqtdagi to'lovlar turi atrofidagi munozaralarni eslab o'tmasdan ilojim yo'q. Mening nazarimda, bu taktik qadam bo'lib, O'zbekiston sharoitida natijasiz bo'ladi. Bunday to'lovlar tarafdorlari tomonidan tez-tez tilga olinuvchi AQSHda 75 minggacha dollarlik yillik daromadga ega har bir fuqaroga 1,2 ming dollar miqdorida to'lov to'lanyapti.

    Agarda shunchaki raqamlarga va summaning xajmigagina qaramasdan, batafsilroq o'rganadigan bo'lsak, bu nimani anglatadi? Keltirilgan 1,2 ming dollar miqdordagi summa aholi jon boshiga to'g'ri keladigan AQSH milliy yalpi daromadining 1,8% tashkil etadi.

    Agar ushbu foizga mutanosib ravishda O'zbekistonga qiyoslaydigan bo'lsak, unda har bir ishlovchi shaxsga beriladigan to'lov miqdori 383 mingni tashkil etishi lozim bo'ladi.

    Ko'rinib turibdiki, bu bir inson uchun juda zaruriy miqdor emas. Bunday holda biz mamlakat bo'ylab mablag'larning shunchaki yoyilishini ko'rishimiz mumkin.

    Ayniqsa mazkur holatda biz talabni rag'batlantira olmaymiz, natija juda kichik miqyosda bo'ladi. Aksincha, bu pullarning kiritilishi faqatgina inflyatsiyani kuchaytiradi va umumiy vaziyatni yomonlashtiradi.

    Ishonchim komilki, manzilli yordamni tashkil etishga, iqtisodiy faollikni qo'llab-quvvatlashga va insonlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan, hukumat tomonidan tanlangan yo'l, bir martalik pul to'lovlarini aholining barcha qismiga tarqatib yuborgandan ko'ra samaraliroqdir.

    Tushunarli bo'lishi uchun bir nechta misollarni keltiraman. YAqindagina ijtimoiy ishlar Fondi yordamida aholi orasida vaqtinchalik bandlikni ta'minlash dasturi bo'yicha 230 ming nafar ishsizlar guruhi ishga joylashtirilgani haqida ma'lumot chiqdi.

    Bundan tashqari, qishloq xo'jalik kooperativlari yaratish hisobiga 33 mingdan ortiq oilalar ish bilan ta'minlandi. YAna 3 ming ishsizlar guruhi tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan mablag'lar hisobiga faoliyat turlari bilan band etildi.

    Ko'rinib turibdiki, bu borada hukumat kelajak uchun ishlamoqda, yangi ish o'rinlari yaratilib, biznes rag'batlantirilmoqda. Bularning hammasi taktik echim uchun emas, balki uzoq strategik maqsadlarga mo'ljallangan qarorlardir. Hukumat nafaqat "olovni o'chirmoqda", balki tizimli muammolarni ham hal qilyapti.

    YAna bir muhim jihat, yuqorida zikr etilgan ayrim fikrlar faqat boqimandachilik kayfiyatini kychayishiga olib keladi. Yillar davomida, davlatni qoralash va shu bilan birga siz uchun hamma narsani kimdir qilishini kutishingiz noo'rin.

    Bugungi kunda davlat tadbirkorlikni faollashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda, bandlikni ta'minlash, fuqarolarni kasbiy qayta tayyorlash va qayta o'qitishning turli dasturlari amalga oshirmoqda, ularga o'z biznesini yo'lga qo'yishi uchun turli imtiyoz va grantlar taqdim etilmoqda.

    Hozir ushbu sharoitlardan unumli foydalanish kerak holos. Bundan tashqari, davlat aholiga «baliqni emas, balki qarmoqni» berib, uni yanada erkin, kimningdir himoyasiga muhtoj bo'lmagan, aksincha o'ziga mustahkam bo'lishiga sharoit yaratmoqda. Bu kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidagi muhim jihatlardan biridir.

    YAna shuni aytamanki, karantin rejimini kuchaytirish ortidan ko'plab mish-mishlarni yuzaga keltirish va davlat uchun biron-bir yashirin imtiyozlarni izlash shunchaki mantiqsizdir.

    Aksincha, karantin e'lon qilingan ilk kunlardanoq davlat iqtisodiy va moliyaviy xarajatlarning aksariyatini ongli ravishda o'z zimmasiga oldi. Bularning barchasi epidemiyani oldini olish va iqtisodiyotga etkaziladigan zararni minimallashtirishga qaratilgan.

    Birgina davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etishga 1,7 trillion so'm ajratildi. Davlat tomonidan tadbirkorlar va fuqarolarga berilayotgan imtiyoz va preferentsiyalarni umumiy qiymati esa qariyb 30 trillion co'mni tashkil etdi.

    Umuman olganda, ko'rilgan chora-tadbirlarga 6,1 milliard dollar yo'naltirildi. Bu xalqaro miqyosda xam juda katta mablag'dir.

    Hukumat karantin rejimini joriy qilish orqali eng oson yo'lni tanladi, deyish noto'g'ridir. Hukumat karantin rejimini joriy etish bilan cheklanib qolmadi, balki sog'liqni saqlash tizimini mustahkamlashda davom etmoqda. Sun'iy nafas olish moslamalari va boshqa tibbiy asbob-uskunalar, shaxsiy himoya vositalarini faol ravishda sotib olish bilan birgalikda tibbiyot muassasalari yangilandi, yangi shifoxonalar ochildi. Bularning barchasi koronavirus bilan kasallangan bemorlarni muvaffaqiyatli davolashni ta'minlash, tibbiyot xodimlarning sog'lig'ini saqlash va Italiya, Ispaniya yoki AQSHda bo'lgani kabi sog'liqni saqlash tizimida vujudga kelishi mumkin bo'lgan yuqori darajadagi bosimni bartaraf etish imkonini beryapti.

    Hukumat, shubhasiz, JSSTning qoidalariga va sog'lom fikrga zid bo'lgan, hozirda SHvetsiyada qattiq tanqid qilinayotgan SHved modelini tanlashi mumkin edi. Ammo karantinni birinchi kunlardan boshlab barcha iqtisodiy xarajatlar byudjetga juda katta yuk bo'lishiga qaramay, odamlar salomatligi va xavfsizligi ustuvor ekanligi ta'kidlandi. SHu munosabat bilan, men fuqaro sifatida bu yo'l tanlanganidan va bundan og'ishmayotganimizdan mamnunman.