Unda UNESCO ekspertlari tomonidan mamlakatimizda axborot ochiqligi, media sohasi va jurnalistlarga yurtimizda yaratib berilayotgan sharoitlar haqida ijobiy fikrlar bildirib oʻtildi.
O.Suraj “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi bilan shaxsan tanishib chiqqanligini taʼkidlab, unda sohalarni raqamlashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarni yuqori baholadi.
Shuningdek, yaqinda Parijda boʻlib oʻtgan olimpiadada Oʻzbekiston koʻrsatgan tarixiy natijani eʼtirof etib, gʻoliblar qatorida ayollarning borligi sohada ayollar ulushi ortib borayotganidan dalolat berishini taʼkidladi.
Bundan tashqari, ekspertlar soʻngi yillarda Oʻzbekistonda har bir sohada amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritib kelinayotganligi va ular bilan muntazam tanishib borishayotganini bildirdilar.
Uchrashuv davomida UNESCO ekspertlari media va axborot savodxonligi boʻyicha milliy strategiyani yaratish yuzasidan izlanishlar olib borilayotgani, mazkur loyihani amalga oshirishda parlamentning ham roli muhim ekanligini taʼkidladilar.
Mazkur masala yuzasidan senatorlar oʻz fikrlarini bildirib, bu borada sohada qabul qilingan qonunlar hamda Senat tomonidan olib borilgan parlament nazorati natijalari haqida maʼlumot berib oʻtdi, shuningdek, UNESCO bilan hamkorlik boʻyicha taklif va tavsiyalarini ilgari surdi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.