Dubay shahridagi “Dubai Textile City” majmuasida to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda biznes vakillari ishtirokida “O‘zbekiston-BAA” biznes forumi V2V bo‘lib formatida bo‘lib  o‘tdi. 

Ushbu biznes forumda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi Samarqand viloyatida joylashgan “Kumush Tola” MChJ rahbari Maryam Niyazova hamda Toshkent viloyatida joylashgan “Tashkent silk pro” MChJ rahbari Baxtiyor Shahobbidinovlar o‘z korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Bu formatdagi uchrashuvlar natijasida yirik biznes vakillari o‘rtasida mahsulot namunalari almashinilib, kelgusida hamkorlik qilishga kelishib olindi.