Nomzod Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboldagi imkoniyatlari haqida toʻxtaldi. Viloyatda aholi bandligi, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, ichimlik suv va kommunal infratuzilma bilan bogʻliq muammolarga yechim topish zarurligini alohida taʼkidladi.
Qizgʻin muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda ishtirokchilar Prezidentlikka nomzodga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, hududlarni yanada rivojlantirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.
Uchrashuvda bir qator faollar soʻzga chiqib, Maqsuda Vorisovaning Saylovoldi dasturini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi. Saylovchilarni Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaga ovoz berishga chaqirdi.