Ekspertlar xulosasiga koʻra, ogʻir gemorragik isitmani keltirib chiqaruvchi ushbu infeksiyadan oʻlim darajasi oʻta yuqori — 90 foizga teng.
Hozir Afrika qitʼasining Ruanda davlatida mazkur patologiya bilan bogʻliq koʻplab holatlar qayd etilgan. Olimlar xavfli virus endi Yer yuzi boʻylab keng tarqalishidan xavotirda.
Maʼlum bilishicha, Marburg isitmasi odamlarga koʻrshapalaklardan yuqishi mumkin. Qolaversa, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqaladi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Marburg virusi Ebola singari oʻta yuqumli boʻlib, hozircha tasdiqlangan davo muolajalari mavjud emas. Qolaversa, bu xastalikka qarshi vaksinalar ham yaratilmagan.
Kasallik belgilari boshqa tropik isitma patologiyalari bilan oʻxshash. JSST maʼlumotlariga koʻra, alomatlar toʻsatdan boshlanadi va bemor yuqori tana harorati, kuchli bosh ogʻrigʻi hamda bezovtalikdan aziyat chekadi.
Mushaklarda ogʻriqlar kuchayib, tez-tez sudirgi yuz beradi. Qolaversa, diareya, koʻngil aynishi va qayt qilish holatlari ham kuzatilishi mumkin.
Kasallikning beshinchi kunida koʻkrak, orqa va qorin boʻshligʻida toshmalar paydo boʻlishi mumkin. Ogʻir vaziyatlarda esa sakkizinchi-toʻqqizinchi kunga borib oʻlim holati sodir boʻlishi ehtimoli bor.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi yillarda Marburg virusi Gana va Ekvatorial Gvineya mamlakatlarida ham roʻyxatga olingan edi.