Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur soxta hujjatlarda goʻyoki fuqaroning mablagʻlari xavfsizligini taʼminlash uchun “moliyaviy xavfsizlik boʻyicha mutaxassis” tomonidan ayrim amallar bajarilishi toʻgʻrisidagi yolgʻon axborot koʻrsatilgan.
Bu orqali “mutaxassis” niqobi ostidagi firibgar fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani (xususan, “Bezopasnost” nomli) oʻrnatish orqali ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qoʻngʻiroqlar haqidagi maʼlumotlarni yashirin tarzda qoʻlga kiritadi.
Yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz, firibgarlarning aldovlariga aslo ishonmang, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store doʻkonlaridan oʻrnating, — deyiladi xabarda.