Millat uchun tikilgan umr

    Bu dunyo daraxtning soyasi go'yo, Men undan ot minib o'tayotirman. Ko'pni ko'rgan, donishmand kishilar uchun ulug' shoirimiz Abdulla Orifning ushbu misralaridagi o'zgarmas haqiqatga tan berish qiyinmas. CHindan ham har bir inson, avlod uchun bu dunyo — hayot o'ta qisqa! Uning qadr-qimmatini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Iloji boricha mazmunli va unumli umr ko'rish kishilikning eng mangu va chigal jumbog'idir.

    Qizig'i, masalani shu yo'sinda qo'yib, ungaqanchadan qancha kuch va bilimini sarflab kelayotganodamzod o'z aql ko'zi qirini boshqacharoq tashlabko'rganini bilmaymiz. U ham bo'lsa, o'sha hazratiinson tegishli bo'lgan millatning hayoti! Uningham boshi va oxiri, o'lchovi va qadri-qimmatibormi? Bo'lishi kerakmi? Millatning umri qachonxotirjam va uzoq, unumli va mazmunli kechadi? Buning uchun nima va nimalar qilish kerak, xususan, bugun necha ming yillik milliytaraqqiyotining hal qiluvchi bosqichi va burilishpallasini boshdan kechirayotgan o'zbek millati?

    Bir yarim million yil oldin ilk inson oyog'ietgan Turonimizda ekin-tikinchilik — o'troqmadaniyat 8000 yil burun boshlangani hazilakamgap emas. O'lkamiz ham 5000-3000 yillar avval ilkshaharchilik paydo bo'lgan Yaqin SHarq, eron, KichikOsiyo, Hindiston, Xitoy, Janubiy Amerika singari mintaqalar qatorida savlat to'kib tura oladi.

    SHaharchilikdan davlatchilikka esa bir qadam. Ikki daryo oralig'idagi (Mesopotamia) Ur, Kish, Uruk, Lagashdagi singari Surxon vohasidaSopollitepa, Jarqo'ton, Farg'ona vodiysidaDalvarzin shahar-davlatlari bo'lgan. Ularning yoshi3200-4000 yilga tengligi ko'zda tutilsa, o'zbekdavlatchiligining tarixiy ildizlari 4000 yilgaborib taqalishi ilmiy jihatdan o'z isbotinitopgani ayonlashadi.

    eng so'nggi ilmiy izlanishlarga ko'ra, ajdodlarimiz 4000 yil avvalgi paytlardayoqbug'doy, arpa, tariq, chigit ekib, jiyda, anjir, bodom, uzum, tut etishtirgan, ipak qurti boqqan. Demak, bizga paxtachilik Hind, pillachilik Chin o'lkalaridan kirib kelgan emas!

    Atigi yuz ellik yil avval ilmiy muomalagakiritilgan “Ipak yo'li” tushunchasiga o'rganibketganimiz sharoitida miloddan oldingi mingyilliklarda SHarqu G'arbga qarab ketgan Jez yo'li, La'l yo'li, Lojuvard yo'li, Badaxshon yo'li, Tuz yo'li kabi xalqaro savdo yo'llarimiz bo'lganiniko'pchilik bilmaydi.

    Toshqin daryolarni bo'ysundirishga bel bog'laganbobolarimiz 3000-3500 yillar ilgari salkam o'nchaqirimgacha ariqlar qazigani, 2500 yil burun esaZarafshon daryosidan chiqarilgan Darg'om arig'iningeni 20 metr, uzunligi 100 chaqirimgacha borganinibilgan har qanday kishi millatimiz zakovatiga tanbermasdan iloji qolmaydi.

    2000-2750 yillik o'tmishga ega Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Marg'ilon, Qo'qon shaharlarimiz bugunham ko'rk to'kib turgani ko'zda tutilsa, Misr, Xitoy, Hind, eron, Yunon, Rim tsivilizatsiyalaridan hech bir qolishmaydiganTuron tsivilizatsiyasi haqida baralla aytishgabarcha asoslarimiz borligi ayonlashadi-qoladi.

    Ushbu haqiqatni yurt qayg'usida yonib o'tganAbdurauf Fitrat ham zukkolarcha anglab etgan edi:

    ey Ulug' Turon, arslonlar o'lkasi!

    Senga ne bo'ldi? Holing qalaydir? Nechukkunlarga qolding?

    Qullik chuqurlarig'a nedan tushding?!

    Er zining buk saltanatlarini sen qurmadingmi? Hindistonning, eronning, Ovro'paning ulug'xoqonlarini sen yubormadingmi? ey xoqonlaro'chog'i!”.

    Allomaning o'zbekning eng ulug'i, kishilikningeng buyugi Amir Temur sag'anasi oldida tiz cho'kibqilgan ilojsizlik dodi ham bejiz emas:

    “Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko'nglim siniq, bo'ynimbukuk.

    Sening ziyoratingga keldim, sultonim!

    ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuyganqonim, o'rtangan jonim uchun bu sag'anangdan davoizlab keldim, xoqonim!

    Yuz yillardan beri jafo ko'rub, g'am chekibkelgan turkning qonli ko'z yoshlarin etaklaringgato'karga keldim. Qorong'iliklar ichra yog'dusiz qolgano'zbek ko'zlari uchun tuprog'ingdan surma olg'alikeldim”.

    Bir asr burun yurakni qontalashtirib chiqqan buso'zlarni o'qish bugun ham og'ir! Negaki jadidbobomiz aytganlari ayni chin edi:

    “Turkning yurti, ulog'i, o'chog'i, Turoni yotqo'llarg'a tushdi.

    Turkning bilgisi, ongi, o'ylovi, ziyrakligijaholat o'ljasig'a ketdi...

    Sultonim!

    Sening Turoningni o'zim talatdim,

    Sening turkligingni o'zim ezdirdim,

    Sening omonatlaringga o'zim xiyonat qildim.

    Men uch kunlik umrimni tinchgina yotibo'tkazmoqchi bo'lmasa edim, shularning birortasibo'lmas edi.

    Men qo'limga topshirdig'ing qilichni tashlab, cholg'uni olmasa edim, Turonim talanmas edi!..”.

    Demak, amirlik va xonliklar davrivoqeliklarini ichidan bilgan Abdurauf Fitratmilliy fojiamizning bosh sababini uch kunlikdunyoni qilich — siyosat bilan emas, balki qo'lga cholg'u olib, ya'ni ertani o'ylamasdan, tinchgina yotib o'tkazish turmush tarzi bilan bog'lagan!

    O'zbek davlatchiligi tarixini o'rganib kelayotgan olim o'laroq biz ham ushbu tashxisni to'la qo'llaymiz. So'zimiz quruq bo'lmasligi uchun “Boburnoma”da temuriylar inqirozida ushbu sulola so'nggi vakillarining vaqtni maishat va engil-elpichilikda o'tkazganining ham o'rni bo'lganiga oid ishoralar borligini eslatib o'tgan bo'lardi.

    SHu ma'noda, milliy davlatchiligimizda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelgan masala — arboblarimizdagi millat va vatan tuyg'usi tushunchasi hamda uning sifat darajasiga to'xtalishga to'g'ri keladi. Tarixchilik fanimizda masala hech qachon aynan shunday yo'sinda qo'yilmaganiga qaramay, ixtiyorimizdagi bir qator omillar, umuman, jamiyatimiz, xususan, har birimiz uchun o'ta zarur ushbu mavzu muhokamasini boshlashimizga izn bera oladi deb o'ylaymiz.

    Ularning birinchisi, xalq og'zaki ijodi — hali o'troq turmush tarzi va u bilan bog'liq “madaniy ustunliklar” tug'ilmagan eng qadim chog'larga taqaladi. ertak va dostonlarimizdagi el-rt qayg'usi bilan yashash, yovga qarshi murosasiz kurashish, kindik qoni to'kilgan tuproqni ko'z qorachig'idek asrash g'oyasi buning yaqqol isbotidir. Demak, yurtsevarlik bizning iligimizda bor.

    Ikkinchisi, dinimizdagi vatanparvarlik g'oyasi bilan bog'liqdir, albatta. Garchi endi “Vatanni sevmoq iymondandir” hadisini yolg'on, zaifga chiqarib, musulmonchilikda millat yo'q, deya boshqacha maqsadlarni ko'zlayotganlar ham topilib tursa-da, YAratgan elchisining o'z yurti — Makkaga nisbatan kuchli muhabbatiga oid e'tirofi (Makka, sendan ko'ra menga sevimliroq va suyukliroq shahar yo'q) bu boradagi tortishuvlar behudaligini tamg'alaydi-qo'yadi.

    Biz Najmiddin Kubroni kubraviya tariqatining asoschisi va buyuk mutasavvuf o'laroq bilamiz va ardoqlaymiz. Holbuki, u eng avval ham, eng oxir ham yurtsevar edi. SHayx bosqinchi Chingizxonning “Men tez orada Xorazmni qatli om qilmoqchiman, siz ularni tark etib, menga qo'shiling”, degan taklifiga “Etmish yillik umrimning achchiq-chuchugini xorazmliklar bilan birga totdim, vatanimga balo bostirib kelganda, uni tashlab qochish muruvvatdan emas”, javobini berib, Urganch himoyasida eldoshlari qatori jon fido qilganini har bir o'zbek bilishi shart!

    Biz, asosan, buk matematik, fizik va astronom o'laroq taniydigan, “bo'linmas zarracha”, “unsuriy zarracha”, ya'ni atom haqida ilmiy qarashlarga ega bo'lgan Mahmud Chag'miniy ham xuddi shu urushda halok bo'lgan.

    Agar tarixiy manbalarimizda din, ilm-fan va madaniyat arboblarimiz qo'lida qurol bilan bosqinchilarga qarshi tik borgani, yurtimiz ozodligi yo'lida shahid ketganiga oid guvohliklar etarliligi inobatga olinsa, bironta kasb-kor egasi vatan himoyasi masalasida chetda turmagani ayonlashadi.

    Amir Temur bobomizning “Biz vatanni tark etsak, u begonalar qo'liga o'tib ketmaydimi?”, “Agar bir bo'lsangiz, hech kim sizlarga qarshi chiqolmaydi”, deb aytganining mag'zini o'zbekning har avlodi ongi va yuragiga etkazib borishimiz ham farz, ham qarzdir.

    To'g'ri, 3000 yillik milliy davlatchilik tariximizda el-rt uchun yurakdan xizmat qilgan, kerak bo'lganda, vatan uchun jonidan kechgan siyosiy arboblarimiz, jumladan, vazirlar, hokimlar, harbiylar, katta-kichik mansabdorlar ko'p bo'lgan. Mohiyat e'tibori bilan aytganda, aynan ular hamda din peshvolari, qalam ahli biz oddiy kishilar o'laroq ta'riflaydigan xalqqa o'rnak, uni olg'a boshlashga qodir bo'lgan. Biroq so'nggi mustamlaka davrimiz, ayniqsa, uning sovet bosqichi tomonidan siyosiy-harbiy arboblarimiz — qo'rboshilarimiz, oydinlarimiz — jadidlarimiz, diniy etakchilarimizga qarshi qirg'inlar, o'zligimizni yo'qotish maqsadida uzoq yillik va tizimli urinishlar millatimiz sillasini shunchalar quritib tashladiki, uning asorati bugun ham sezilayotganini tan olishimiz darkor.

    Aks holda, shu yilning 18 yanvarida bo'lib o'tgan katta yig'ilishda Prezidentimiz el-rt taqdiriga befarq bo'lmagan har birimizni chuqur o'ylash va tegishli xulosalar chiqarishga chorlaydigan mana bu haqiqatni qattiq kuyinchaklik bilan baralla aytmagan bo'lardi deb ishonamiz: “Xalqimiz bizga juda katta ishonch bildirdi, o'ttiz etti millionlik yurt taqdiriga javobgarlik, vijdonimizning oldidagi mas'uliyatni his qilib, har kuni izlanishda yashashimiz kerak. Agar bu dunyodan engil-elpi o'tib ketsak, ertaga farzandlarimiz, nevaralarimiz bizni kechirmaydilar. Buning uchun g'urur kerak, iftixor kerak, vatanparvarlik kerak, vatanni sevish kerak! egallab turgan lavozimga munosib bo'lish uchun esa bitta mezon bor: attestati besh bo'lishi mumkin, diplomi oltin bo'lishi mumkin, lekin yuragi sof, millatparvar, sadoqatli bo'lmas ekan, ularning barini yuvib tashlaydi. Vatanparvar bo'lsa, hammasi o'zgaradi! YUrak men o'zbekman, millatsevarman, deb ursa edi!..”.

    YAngi O'zbekiston bizni ko'p narsaga o'rgatdi, ko'p narsaga ko'zimizni ochdi...

    eng avvalo, fuqarolari erkin bo'lmagan davlatchilikdan hech bir samara unmasligi ayonlashdi. O'tgan qisqa vaqt ichida barcha yo'nalishlarda erishilgan katta-kichik, ayrim hollarda kecha xayolimizga ham kelmagan yutuq va marralarimiz boshida aynan shu omil borligini hech kim inkor etolmaydi. YAngi O'zbekiston shaxs va millat erkinligi nimalarga qodirligining o'ziga xos ko'rsatkichi o'laroq namoyon bo'lmoqda, desak oshirib yubormagan bo'lamiz.

    Milliy iqtisodiyot nima qanday ishlashi kerakligini ham endi-endi ko'ryapmiz va anglayapmiz. Ya'ni u odamlar manfaatini ko'zlasagina, barakali bo'lishi ayonlashdi. Holbuki, o'zgarishlar va yangilanishlar boshlangan 2016 yil so'ngida iqtisodiy va unga chambarchas bog'liq ijtimoiy ahvolimiz o'ta og'ir bo'lganini bugun barcha ham eslay olmasa kerak.

    SHu ma'noda, mustaqil bo'lib ham “agrar mamlakat”likdan boshimiz chiqmaganini yodga solgan bo'lardik. Ammo 2023 yili paxtachilikdagi hosildorlik har gektardan 36,6 tsentnerga etkazilgani mazkur maqomning umri tugab borayotganidan dalolat, albatta. Bizning mazkur ishonchimizni esa o'z paytida hosildorligi yuqori sanalgan Amerika chigiti Turkistonga olib kelib ekilgan 1870 yildan sanaganda, 2017 yilga kelib, ya'ni salkam 150 yilda 24 tsentnerdan oshmagani holda so'nggi olti yilda erishilgan 12,6 tsentnerlik o'sish oqlab beradi.

    Bu yil 2016 yildagidan 2,6 million tonna ko'p — 9 million tonna boshoqli don etishtirilgani, bog'dorchilik, polizchilik, sabzavotchilik, ayniqsa, eng “bosh og'rig'i” sanalib kelingan pillachilik sohalarida yuz berayotgan keskin sifat o'zgarishlari, 2023 yili 4 milliard dollarlik to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari eksport qilingani ko'zda tutilsa, yuqorida urg'ulangan baraka omilining ahamiyati yanada yaqqolashadi deb o'ylaymiz.

    Har oyda u yoki bu viloyatimizda yirik va ilg'or iqtisodiy loyihalar ishga tushishiga o'rganib qoldik. Avtoulov bilan bog'liq muhokamalardan “shartnoma” omili yo'qolib, elektromobil` bo'yicha tortishuvlarga sho'ng'ib ketdik. Sun'iy zakovat, raqamlashtirish, axborot va nanotexnologiyalar, koinotchilik singari kechagina kamida erish tuyulgan sohalarda qo'lga kiritilayotgan natijalar, ishlab chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 25-30 foizi quyosh, shamol va suv energetikasiga to'g'ri kelishi, 2030 yilga qadar ushbu ulush 40 foizga etishi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi O'zbekiston yuksak texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot yurti o'laroq dunyoga tanilib bormoqda.

    SHu kunlarda nechta oliy o'quv yurti borligi ularning qanchasi xususiy yo chet elniki ekanini birov biladi, birov esa yo'q. Holbuki, atigi sakkiz yil burun butun yoz “test” mashmashalari bilan o'tib, kuz boshlanar-boshlanmas “paxta mavsumi”ga ulanib ketar edi. “O'qishga kirish” azobu adolatsizliklari, yuz yil haqiqatan millatimiz qonini so'rgan “majburiy mehnat” — aslida, paxta qulligi ham qo'rqinchli tushga aylanib bo'ldi.

    endi-chi? endi kechagina aqlga sig'magan “avval test, so'ng tanlov” tamoyili ustuvor! Holbuki, o'n yil burun o'qishga kiruvchilar hozirgidek o'z baholaridan kelib chiqib, oliy ta'lim muassasasi, bakalavriat ta'lim yo'nalishi va ta'lim shaklini o'zlari tanlashi haqida so'z ochib qolsa bormi, kamida kalakaga qolishi turgan gap edi!

    Xuddi shuningdek, kechagi turmushimizda tashabbusli byudjet tushunchasining o'zi bormidi? Kimdir tashabbusli byudjetni qo'ya turaylik, ijtimoiy-iqtisodiy makonimizning eng birlamchi bo'g'ini — tuman byudjetida mablag' bormidi o'zi, desa, haq gapni aytgan bo'ladi. Ko'p yillik deputatlik faoliyatimizda yig'ilib qolgan esdaliklarimizdan biri — davlat byudjeti ko'rsatkichlarini qo'mitamizda ko'rib chiqqanimiz yo'q-ku, deya haqli e'tirozini o'rtaga tashlagani uchun butun bir boshli partiya va Oliy Majlis qo'mitasi raisi tez orada barcha lavozimlaridan bo'shatilganini ko'zda tutsak, bugun byudjet mablag'larini joylarda taqsimlash jarayonida yurtdoshlarimiz shaxsan qatnashayotganining qimmati hamda davlat va jamiyatimiz, ayniqsa, uning eng quyi bo'g'inida yuz berayotgan keskin sifat o'zgarishlari ahamiyati yanada yaqqolashadi, albatta. Agar shu yo'sinda odamlarimiz o'z muammolarini o'zlari va birgalashib, tortishib hal qilish, o'z va bir-birovlari harakatlarini nazorat qilish madaniyatini ham o'zlashtirayotganidan kelib chiqilsa, gap, aslida, tashabbusli avlod tarbiyalanayotgani haqida ketayotgani ayonlashadi.

    Garchi hozir ular ham oddiylik kasb etib ulgurgan bo'lsa-da, xalqimiz, ayniqsa, qishloqlardagi qondoshlarimiz turish-turmushi uchun o'ta amaliy qimmatga ega yana bir necha mavzuni tilga olmaslikning iloji yo'q. Poytaxtdan tortib, chekka qishloq ko'chalarigacha asfal`t “kirib borgani”ni har qancha urg'ulasak arziydi. Yarim asrdan beri xarob bo'lib kelgan yoki tuproq bosibyotgan yo'llarimiz chiroy ochayotgani mahallalarimizdagi kayfiyat va turmush tarzini qanchalar ko'tarib borganiga shaxsan guvohmiz.

    Aholimizni ichimlik suv bilan ta'minlash darajasi bu yil 80 foizdan oshishi kimlargadir erish tuyulishi mumkindir, biroq mustaqil bo'lib ham, masalan, To'palang suv omborida yig'ilgan tabiiy ne'matni chorak asr ichida o'z fuqarolariga etkazib berolmagan davlat uchun bu tarixiy yutuq, albatta.

    Ikki oydan so'ng barchamiz uchun muhim sinov — vakillik idoralariga saylov bo'lib o'tadi. Ularning oldingilaridan juda katta farqi bor. U ham bo'lsa, Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash — mojaritar va proportsional tizimda o'tkaziladi. Tariximizda ilk bor qo'llanayotgan ushbu yangilikning fuqarolarimiz siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, partiyalarimizni jonlantirish, jamiyatimizda g'oyalar xilma-xilligini ta'minlashdagi ahamiyatini hech narsa bilan solishtirib bo'lmaydi.

    So'nggi yillarda bir shaxsning ham ijro, ham vakillik tizimi boshlig'i bo'lmasligi haqida gapirmagan odamning o'zi qolmadi. Holbuki, hokim bir vaqtning o'zida mahalliy kengash raisi bo'lmasligi fikri ilk bor milliy etakchimiz tomonidan 2016 yil noyabr` oyida toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda bildirilganini juda yaxshi eslaymiz. Mazkur qoidaning Konstitutsiya darajasida muhrlanib qo'yilishi va 2025 yildan amalga tatbiq etilishi, ayniqsa, davlat boshqaruvining eng quyi va hal qiluvchi bo'g'ini — tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o'z samarasini berishi borasida ikkilanmaymiz.

    “Parij — 2024” Olimpiadasida erishilgan tarixiy marramiz, ayniqsa, Osiyo qit'asida to'rtinchi, turkiy va islom mamlakatlari hamda MDH bo'yicha birinchi o'rinni egallaganimiz barchamizni quvontirdi. Agar yana bir muhim omil — Hindiston, Ispaniya, Braziliya, Turkiya, Indoneziya kabi yalpi ichki mahsuloti trillion dollardan ortiq keladigan yirik iqtisodiyotlarni ham ortda qoldirganimiz ko'zda tutilsa, davlatimiz rahbarining

    “Chin dildan intilib, astoydil harakat qilsak, qo'limizdan kelar ekan-ku!” degan so'zlarining mag'zi yanada oydinlashadi deb ishonamiz.

    Mustaqilligimizning 33 yilligini qarshilar ekanmiz, 3000 yillik ulkan tajribasi bor davlatimiz oyoqqa turib, azaliy maqomini tiklash yo'lida oqilona va dadil qadamlar tashlab bormoqda deya olamiz. O'tgan sakkiz yil qo'limizdan ko'p ishlar kelishini isbotlab qo'ygani holda bundan buyog'i barchamiz bir musht bo'lib, har qanday qiyinchiliklarga qaramay, olg'a intilishimizga bog'liq bo'lib borayotganini ham tan olmoq darkor.

    Bu yo'lda bizga qanday omil, qanday kuch madadkor va o'rnak bo'lishi esa Prezidentimizning mana bu yurak so'zlarida o'z aksini topgan: “Barcha-barcha intilishlarimiz zamirida fidoyilik va vatanparvarlik bo'lishi kerak. eng katta narsa — ong o'zgarishi kerak. Xudo menga sog'liq va umr bersa, shunday kunlar keladiki, bizda kambag'al va ishsizlik bo'lmaydi. Buning uchun men tizim yaratdim, qonun yaratdim, dunyoni ochib berdim. Xalqim yaxshi yashasin, niyatlari amalga oshsin, bolalari farovon hayot kechirsin, baxtli bo'lsin, nabiralari sog'lom tug'ilsin, tibbiyoti, maktabi ishlasin, yo'llari ravon bo'lsin, deb ishga keldim men. Bularning bariga men etti yillik umrimni tikdim! Agar biz o'ylamasak, o'zbek xalqini kim o'ylaydi?!”.

    Azamat ZIYO,

    FA Tarix instituti direktori,

    akademik


    (Maqola “Yangi O'zbekiston” gazetasining 01.09.2024 y, 177-sonida chop etilgan)