Jumladan, quduqlarda kapital taʼmirlash ishlarini bajarish baraborida, konlarda yangi quduqlar ham burgʻilanmoqda.
Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” gaz kondensat konidagi 102-sonli quduqda amalga oshirilgan burgʻilash ishlari oʻz natijasini berdi.
Burgʻilash ishlaridan tugatilgan quduqning 2640–2540 metr oraligʻiga filtr tushirildi.
Tezkor maʼlumotlarga koʻra, quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 220 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Burgʻilash ishlari “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ tomonidan olib borildi va hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qoʻshish ishlari bajarilmoqda.