Markaziy bank tomonidan 2023-yil IV choragi uchun Pul-kredit siyosati sharhi tayyorlandi. Unda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar, ichki iqtisodiy sharoitlar xamda makroiqtisodiy prognozlar haqida atroflicha maʼlumot keltirilgan.
Qayd etilishicha, 2023-yilda Oʻzbekiston banklaridagi umumiy pul tushumlarining hajmi (naqd pul va terminallar orqali) 669 trillion soʻmni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 28 foizga koʻp.
Oʻzbekistonda 2023-yil yakuni boʻyicha naqd pulning umumiy pul massasidagi ulushi 2022-yilgi oʻsishdan keyin 21,5 foizgacha kamaydi. Kartalarga tushgan mablagʻlar tobora kamayib bormoqda — soʻnggi besh yil ichida koʻrsatkich 32 foizdan 24 foizga tushdi.
Regulyator maʼlumotlariga koʻra, banklarga naqd pul tushumlari yil davomida 20 foizga oshib, 414 trillion soʻmni tashkil etgan. Shunga qaramay, naqd pul ulushi 66 foizdan 62 foizga tushgan (2021-yilda 69 foizni tashkil etgandi). Terminallar orqali tushumlar 44 foiz — 255 trillion soʻmga, ularning ulushi — 34 foizdan 38 foizga (2021-yilda — 31 foiz) oʻsdi.
Shuningdek, oʻtgan yilda bank kartalariga 789 trillion soʻm kirim qilingan, bu avvalgi yilga nisbatan 1,4 barobar koʻp. Kartalarga tushgan mablagʻlar tobora kamroq naqd pul shaklida yechib olinmoqda: 2019-yilda 31,9 foiz, 2020-yilda — 34,4 foiz, 2021-yilda — 31,7 foiz, 2022-yilda — 26,9 foiz, 2023-yilda — 24 foiz.
Naqd pulning umumiy pul massasidagi (M2) ulushi joriy yilning 1-yanvar holatiga 21,5 foizni tashkil etdi. Bu 2022-yilgi oʻsishdan keyin oʻtgan yilga nisbatan 0,8 foizga kam. Taqqoslash uchun, muomaladagi naqd pulning ulushi 2019-yilda 27 foizga, 2020-yilda 23 foizga, 2021-yilda 19,7 foizga, 2022-yilda 22,3 foizga yetgan.
Bank tizimidan tashqari, naqd pul mablagʻlari, boshqa moliya institutlari, davlat nomoliya tashkilotlari, xususiy sektor va jismoniy shaxslarning milliy va xorijiy valyutadagi oʻtkazuvchan, jamgʻarma va muddatli depozitlarini oʻz ichiga oladi.