Missiyaning maqsadi astronavtlar kelajakda bu sayyoraga borishsa, yuz berishi mumkin bo'lgan holatlarni o'rganishga qaratilgan. O'tgan iyun oyida Texasdagi Jonson koinot markazida to'rt nafar ko'ngilli Mars muhitiga kirishdi.
Inshootda ekipaj uchun 3D-printerda chop etilgan shaxsiy kayutalar va ish joylari, shuningdek, Mars yuzasini eslatuvchi qizil qumli maydon mavjud.
Ekipaj turli, jumladan, oziq-ovqat bilan o'zini o'zi ta'minlash uchun sabzavotlar yetishtirish tajribasini o'tkazdi.
Shanba kuni guruhning to'rt a'zosi bir yil ichida birinchi marta u yerdan chiqib ketishdi va olqishlar bilan kutib olindi.
Ishtirokchilardan biri, biolog Kelli Xaston bir kun kelib odamlarga Marsni tadqiq qilish va yashash imkonini beradigan Yerda amalga oshirilayotgan ishlarda qatnashish g'urur va sharaf ekanini aytdi.
Amerika Qo'shma Shtatlari Oyni tadqiq qilish bo'yicha xalqaro Artemis dasturiga rahbarlik qilmoqda, u ham Marsda odam missiyalarini osonlashtirishga qaratilgan.
NASA ma'lumotlarni tahlil qilib, kelajakda fazoviy tadqiqotlar uchun foydalanishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi www3.nhk.or.jp.