"Noukasting" yondashuviga asoslangan istiqbol modeli ITIM tomonidan 2021-yildan buyon qo'llanilib kelmoqda va yalpi ichki mahsulotning choraklik ko'rsatkichlarida aniqlab bo'lmaydigan alohida jihatlarini ochib berishga imkon beradi
2022-yil 3-choragida haftalik YIM dinamikasi o'sish tendentsiyasi davom etib kelmoqda. Bunday holat joriy yilning 2-choragida ham kuzatilgan edi. 2022-yil 3- va 4-choraklarida o'sish tendentsiyasi ortib borishi birinchi yarim yillik ko'rsatkichlariga nisbatan yillik hisobda YAIMning kamida 0,75 foizga oshishiga olib kelishi kutilmoqda.
Birinchi chorakdagi sezilarli pasayishdan keyin iqtisodiyotning tiklanishi tashqi savdo aylanmasi hajmi o'sishi, xizmat ko'rsatish sohasida ishbilarmonlik faolligi va davlat yordamining oshgani bilan bog'liq. Xususan, tovar va xizmatlar tashqi savdo aylanmasi avgust va sentyabr` oylarida mos ravishda 14 foiz va 12 foizga oshdi. Xizmat ko'rsatish sohasida ham faollik sezilarli darajada ko'paydi. Buni “biznes va sanoat” (14,5 foizga o'sish), “dam olish va hordiq” (9,7 foiz) kabi toifalar bo'yicha internet so'rovlari ko'paygani ko'rsatmoqda.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, 3-chorak yakuni bo'yicha YIM o'sish prognozi 5,81 foizni tashkil etmoqda (prognoz diapazoni 5,78-5,83 foiz darajasida belgilandi). Shu bilan birga, markaz prognoziga ko'ra, qisqa muddatda iqtisodiy o'sishda sezilarli tebranishlar kutilmayapti, chunki fundamental iqtisodiy omillar barqarorligicha qolmoqda.
4-chorakda O'zbekiston iqtisodiyotining o'sish sur'ati 2022-yilning 3-choragi darajasida saqlanib qolishi kutilmoqda. Joriy yilning avgust oyida 2022-yil uchun markaz tomonidan e'lon qilingan avvalgi YIM o'sishi prognozi 5,77 foiz edi.