OAV: Parij “Oreshnik” uchirilganidan keyin yangi raketani ishlab chiqishni rejalashtirmoqda

    Frantsiya Qurolli kuchlari vazirligining Qurol-yarog' bosh boshqarmasi uchish masofasi ming kilometrdan oshadigan istiqbolli ballistik raketa loyihasi ustida ish olib bormoqda.

    Bu haqda Challenges jurnali ma'lum qildi.

    Manbalarning aytishicha, bu tashabbus haqidagi munozaralar dunyoning turli jangovar nuqtalarida, xususan, Ukrainada ballistik raketalardan foydalanish fonida kuchaygan. Rossiyaning Ukraina harbiy-sanoat majmuasiga yangi o'rta masofaga mo'ljallangan “Oreshnik” ballistik raketasi bilan zarba berilganiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan nashr parlament mudofaa masalalari qo'mitasi rahbari Fransua Kormye-Bulijonning ma'ruzasidan parcha keltirdi.

    “Ukrainadagi mojaro va Eronning yaqinda Isroilga bergan zarbalari yerdan uchiriladigan ballistik raketalar kabi uzoq masofaga zarba beruvchi qurollar bizning raqobatchilarimiz uchun strategik qurol ekanligini eslatib turadi”, dedi u.

    Qayd etilishicha, yangi ballistik raketa ATACMS o'rnini bosishi kerak bo'lgan Amerikaning PrSM (Precision Strike Missile) operativ-taktik raketasidan o'tib ketishi kerak. Shu bilan birga, avvalroq ma'lum qilinishicha, dastlabki bosqichda PrSM uchun maqsadli nishon masofasi 499 kilometr bo'ladi. Keyingi bosqichlarida bu ikki barobardan oshishi mumkin.

    Bundan tashqari, istiqbolli fransuz raketasi parvozning yakuniy bosqichida manevr qilish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak, bu esa uni havo mudofaa tizimlari tomonidan tutib olinishini “deyarli imkonsiz” qilishi kerak. Jurnal Eronning Fattoh raketalari shunday imkoniyatlarga ega ekanligini, ular oktabr oyi boshida Eronning Isroilga hujumi chog'ida qatlamli havo mudofaa tizimini yengib o'tishda samarali bo'lganini ta'kidlaydi.

    Uni ishlab chiqish Ariane raketalarini yaratgan Ariane Groupga topshirilishi mumkin. U avvalroq M51 suv osti qayig'idan uchiriladigan yadro ballistik raketasini ishlab chiqqan va hozirgi paytda birinchi parvozi 2023-yilda amalga oshirilgan gipertovushli planer – VMAX ustida ishlamoqda, deb xabar beradi report.az.