Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etishyapti. Kechagi bahslarda hamyurtlarimizdan Xusinboy Matrasulov bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik.

Bugun qizlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida terma jamoamiz a’zosi Ozoda Hojiyeva ham supachaga chiqadi. Mutaxassislarning fikricha, hamyurtimiz medallar uchun kurashishda juda yaxshi imkoniyatga ega. Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Hamyurtimizga omad tilaymiz!