Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Mikroplastiklar avvallari odam oʻpkasi, ichaklari, jigari, qoni va tuxumdonlarida aniqlangan boʻlsa-da, uzoq vaqtdan beri tanadagi gematoensefalit himoya toʻsigʻi zarrachalarning miyaga yetib borishiga toʻsqinlik qilishi mumkinligiga ishonilgan.
Yangi tadqiqotda esa hid bilish piyozchaki orqali “mikroplastiklarning miyagacha yetib borishi uchun yoʻl” borligi taxmin qilinmoqda.
Olimlar Braziliyaning San-Paulu shahrida vafot etganlarning miya toʻqimalarini oʻrganishgan. Marhumlarning yoshi 33 yoshdan 100 yoshgacha boʻlgan.
15 nafar marhumdan 8 nafarining miya hid bilish piyozchasida jami 16 ta sintetik polimer (plastik) zarralari va tolalari topilgan.
Ehtimol, bu zarralar inson tanasiga hayoti davomida kirgan, chunki kichik suzib yuruvchi mikroplastiklar havoda hamma joyda mavjud.
Deyarli 44 foiz hollarda plastik polipropilen boʻlib, u qadoqlashdan tortib kiyim va uy jihozlarigacha ishlatiladigan eng keng tarqalgan plastmassa turlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar fikriga koʻra, bu “ichki muhit nafas yoʻli bilan organizmga kiruvchi mikroplastiklarning asosiy manbai” ekanligini koʻrsatadi.
Ushbu mikroplastiklar miya holatiga taʼsir qilishi mumkinmi? Olimlarning fikricha, bu hali aniq emas, lekin bu alohida tadqiqot mavzusi boʻlishi mumkin.
Tadqiqotchilar xulosalari JAMA Network Open jurnalida chop etildi.