Bu haqda “he-tech” xabar berdi.
Mazkur texnologiya Parkinson kasalligi, depressiya, surunkali ogʻriq, hatto semizlikni davolash uchun magnit maydon yordamida inson boshidagi zanjirlarni oʻchirishi yoki yoqishi mumkin.
Olimlar moddalarning hujayra membranasi orqali oʻtishi uchun maxsus yoʻllarga yigʻiluvchi oʻziga xos xususiyatlarga ega oqsilni yaratdi. Soʻng unga ferritin nomli temir tutuvchi oqsil-tuzoqqa yopishish imkoni berildi. Oxirgi bosqichda esa yuqorida aytib oʻtilgan ferritin tomonidan ushlab turilgan atomlarga taʼsir oʻtkazish va kanallarni ochib-yopish uchun magnit maydonidan foydalanildi.
Maʼlumotlarga koʻra, olimlar tomonidan parkinson kasalligi boʻlgan sichqonlar ustida tajriba oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan tajribalarga koʻra, magnit-rezonans tomografiya yoki MRT skanerining subyektlarga taʼsiri ularni joyida harakatsiz holatga keltirgan. Yaʼni, olimlar har qanday harakatni nazorat qila olgan.
Olimlarning taʼkidlashicha, ushbu texnologiyani insonlarda qoʻllash orqali xarakterli motor tebranishlari va titroqlarni, shuningdek, surunkali miya kasalliklari paytida boshqa gʻayritabiiy harakatlarni kamaytirishga erishish mumkin boʻladi.