Unga koʻra, joriy yil 27-mayda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi va Osiyo taraqqiyot banki vakillari oʻrtasida imzolangan bitim asosida “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi doirasida respublikamizga 15 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan 500,0 million AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini taqdim etishi belgilandi.
Mablagʻ nimaga sarflanadi?
Loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini toʻldirish va respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Moliya vazirligi loyihani amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qiling, shuningdek ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro organi etib belgilandi. Moliya vaziriga esa OTB bilan imzolangan qarz bitimini imzolash vakolati berildi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan:
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi” loyihasi doirasida ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali ham tasdiqlandi.