Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama oʻrganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar koʻrib chiqilib, tahlil qilindi.
Hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan taʼminlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yoʻnalishda tajribasi bor. Ular kasallikni avj olishiga yoʻl qoʻymaydilar.
Shu bilan birga bemorlarga oʻz vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam koʻrsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta oʻrin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qoʻshimcha zaxira shifo oʻrinlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.