Bu jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan 2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutildi.
Loyihada davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimini yaratilishi koʻzda tutilgan.
Buning uchun iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar eʼlon qilinib, 100 nafar xotin-qizlarning maxsus oʻquv dasturi asosida boshqaruvga oid koʻnikmalari oshiriladi.
Shuningdek, onlayn oʻquvlar orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy koʻnikmalari oshirish koʻzda tutilmoqda.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlari uchun kompetensiya modelini hamda professional kompetensiyalarini baholash tizimini joriy etiladi.
Buning uchun yuqori, oʻrta va quyi boʻgʻin rahbarlarining namunaviy professional kompetensiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etiladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Rahbar kadrlarni baholash markazida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va xoʻjalik birlashmalarining rahbarlik lavozimlaridagi shaxslarni, shu jumladan zaxiradagilarni professional kompetensiyalarini bosqichma-bosqich baholashdan (diagnostikadan) oʻtkaziladi.
Diagnostika natijalariga koʻra xodimlarning kasbiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tizimini yoʻlga qoʻyiladi.
Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etiladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025-yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.
Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish boʻyicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida taʼsirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflarni muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib boriladi.