“Oʻzbektelekom” AK: “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi doirasida maqsadli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi

    “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi bilan bir qator chora-tadbirlar, jumladan, raqamli texnologiyani rivojlantirish yoʻli bilan mamlakatni mintaqaviy “IT-hub”ga aylantirish belgilangan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi bilan bir qator chora-tadbirlar, jumladan, raqamli texnologiyani rivojlantirish yoʻli bilan mamlakatni mintaqaviy “IT-hub”ga aylantirish belgilangan.

    Mazkur vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash borasida “Oʻzbektelekom” AK tomonidan IT sohani takomillashtirish va iqtisodning bunday tez rivojlanib borayotgan sektoriga yangilik joriy etish yoʻli bilan rejali ishlarni amalga oshirilyapti. Xususan, 2023-yil davomida kompaniya tomonidan butun respublika boʻylab 60 ming kilometrdan koʻproq optik tolali aloqa liniyasi tortilgan. Mazkur liniyaning umumiy uzunligi 233 ming kilometrga yetkazilgan. Olib borilgan ishlar natijasida mavjud ijtimoiy soha obyektlari yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan 100 foiz, aholi yashaydigan punktlar esa 93 foiz qamrab olingan.

    Mazkur yoʻnalishdagi ishlar bu yil ham davom ettirilyapti. 2024-yil boshidan bugungi kunga qadar aholiga telekommunikatsion xizmat koʻrsatish maqsadida 21 314 kilometr optik tolali aloqa liniyasi tortilgan.

    Shuningdek, xalqaro paketli kommunikatsiya markazning oʻtkazuvchanlik qobiliyati sezilarli darajada oshirilgan. Ushbu yoʻnalishdagi koʻrsatkichlar natijasi soʻngi besh ili ichida uch barobar oshgan.

    “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi bilan belgilangan yana bir vazifa bu Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlarini beshinchi avlod aloqa vositasi — 5G texnologiya bilan qamrab olish boʻyicha tizimli ishlar olib borishdir. Jumladan, 2023-yilda Toshkent va Samarqand shaharlari toʻliq 5G texnologiya bilan qamrab olindi va yuqori tezlikdagi LTE tarmoqlari bilan taʼminlandi.

    Mazkur yoʻnalishdagi faoliyat izchil davom ettirilyapti. Masalan, kompaniya oʻz mobil tarmogʻiga keng koʻlamli oʻzgartirishlar kirityapti.

    Ushbu yoʻnalishdagi faoliyatlar ham izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Kompaniya oʻzining mobil tarmogʻiga keng koʻlamli oʻzgarishlar kiritmoqda. Hozirgi vaqtda eskirgan 2G va 3G tayanch stansiyalarini ilgʻor 4G va 5G texnologiyalariga oʻtkazish ustida faol ishlar olib borilyapti. Yaʼni, 2100 MGts diapazonidagi 3G chastota manbasi LTE (4G)ga oʻtkazilyapti. Shu maqsadda mamlakatimiz boʻylab LTE standartiga umumiy 3000 dan ortiq maydonlar oʻtkazildi va oldingi 3G da ishlagan 4G tayanch stansiyalarining ulushi 50 foizga oshdi.

    Olib borilgan islohotlar, mamlakatimiz aholisining tezkor mobil aloqaning barcha imkoniyatlaridan foydalanishida qulaylikni taʼminlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 4G va 5G ga oʻtish maʼlumot uzatish tezligini sezilarli darajada oshiradi, bu foydalanuvchilarga Internetga, striming xizmatlariga, onlayn oʻyinlarga va boshqa yuqori tezlikdagi ilovalarga tezroq va qulayroq kirish imkonini beradi.

    “Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati.

    Reklama