O‘nlab yillar davomida ko‘plab olimlar Koinotda yerdagi hayotdan boshqa hayot bormikin yoki odamlarga o‘xshash ongli mavjudot bormikin deb bosh qotirib kelmoqda.
Fermi paradoksi deb ataladigan narsa bir vaqtlar shakllantirilgan bo‘lib uning mazmuni quyidagicha: agar koinot yulduzlar va potensial hayotga qodir sayyoralar bilan to‘la bo‘lsa, unda nega biz boshqa ongli mavjudod belgilarini topmadik yoki boshqa ongli sivilizatsiyalardan xabarlar olmadik?
Yaqinda paydo bo‘lgan "qorong‘i o‘rmon" gipotezasi biroz boshqacha fikrlashga undaydi. Xususan, unga ko‘ra, boshqa ongli mavjudotlar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar yoki resurslarning kamayib ketishining oldini olish uchun ataylab bir-biridan yashirinayotganligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir sivilizatsiya jimlikni saqlagan holda o‘zini yashiradigan kamuflyaj kiygan ovchiga o‘xshaydi.
Gipotezaga ko‘ra, sukut saqlash Yerdan tashqaridagi barcha aqlli mavjudotlar uchun eng xavfsiz harakat bo‘lishi mumkin yoki texnologiyalar hali yetarli darajada rivojlanmaganligi uchun ham boshqa ongli mavjudotlar bilan kosmik aloqalar yo‘q.