Toshkent shahrida sifatsiz goʻsht va sut mahsulotlarini aniqlash boʻyicha muntazam ravishda profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.
Masʼul xodimlar tomonidan poytaxtimizdagi dehqon bozorlarida tizimli ravishda reydlar oʻtkazib kelinmoqda. Unda Toshkent shahar IIBB JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etishadi.
Shunday qilib, Yakkasaroy tumanidagi dehqon bozorlaridan birida hamkorlikda oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda goʻsht, sut mahsulotlari, sabzavot va mevalarning isteʼmolga yaroqliligi tekshirildi. Oʻtkazilgan tadbir davomida jami 24.5 kg yirik shoxli mol goʻshti hamda 25.5 kg istemolga yaroqsiz tovuq goʻshti mahsulotlari aniqlandi.
Isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlari veterinariya sanitariya qoidalariga binoan utilizatsiya qilindi.