Yangilangan yo‘l qatnov uchun ochildi
Toshkent xalqa yo‘li poytaxtimizning eng uzun va keng ko‘chasi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida muhim loyihalar, ta’lim va tibbiyot maskanlari, infratuzilma inshootlari foydalanishga topshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni poytaxtimizdagi shunday bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.