O‘tkazilgan tadbir davomida, 1987 y.t. Quva tumanida yashovchi X.M. o‘zi ishlaydigan Quva tumanidagi “OMAD YURT FAROVONLIGI” nomli aviakassa ichida tezkor tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga ekspress PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida qalbaki maʼlumotnomani tayyorlab berish uchun 150 ming so‘m pul olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 29 oktyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «UZ MED» xususiy klinikasi ishyurituvchisi 2000 y.t. Urganch tumani, G‘oybu qishlog‘ida yashovchi Sh.R. tezkor tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga ekspress PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida maʼlumotnoma tayyorlab berish uchun 340 ming so‘m pullarini olgan vaqtida Xorazm viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan ushlangan.
Bundan tashqari, 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2001 y.t. Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yashovchi F.M. tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida maʼlumotnoma tayyorlab berish uchun 150 ming so‘m pul olayotgan vaqtida aniqlanib ushlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.