Biroq, bu aslida isteʼmolchilar elektr energiyasidan foydalanganlik uchun haq oladi degani emas, chunki ular ko‘pincha bozor narxidan ko‘ra qatʼiy belgilangan narxni to‘lamoqdalar.
Baʼzilarning taʼkidlashicha, bu quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchilarning foydasiga zarar yetkazishi shu bilan birga uglerod chiqindilarini chiqishi bo‘yicha kengroq saʼy-harakatlarga to‘sqinlik qilmoqda.
Ammo hozirgi vaziyatdagi eng katta kamchilik - samaradorlikning yo‘qligi. Isteʼmolchilar eng ko‘p energiyani quyosh porlamay qolganda, masalan, tunda ishlatishadi, yaʼni energiyaning ko‘p qismi behuda ketmoqda. Ko‘rinib turibdiki, uzoq muddatli yechim isteʼmolchilar quyosh energiyasidan bulutli kunlar va kechqurun foydalanishlari uchun saqlash joylarini yaratishdir.
Energiya narxining keskin tushib ketishining sababi shundaki, Germaniya o‘tgan yili quyosh energiyasidan aktiv foydalanishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Shu munosabat bilan ushbu texnologiya isteʼmol ko‘rsatkichi 14 280 megavattga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki baravar ko‘proq.